Joriy yilning avgust oyida Tolibonlarning Kobulda hokimiyatni egallaganiga ham 4 yil toʻladi. Tolibonlar hokimiyatga kelgach, dastlabki eʼtiborini mamlakatda markazlashtirilgan boshqaruvni qaror toptirish, afyun yetishtirishga chek qoʻyish va mamlakatni islom shariati doirasida qabul qilingan qonunlar asosida boshqarishga qaratdi. Shuningdek, yangi hokimiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotni yaxshilash, qoʻshni davlatlar bilan barqaror va pragmatik siyosat yuritish hamda xalqaro maydonda tan olinishga erishishga harakat qilmoqda.