Tolibonning Badaxshondagi harakatlari uning tashqi siyosiy taktikasining bir qismimi?
Joriy yilning avgust oyida Tolibonlarning Kobulda hokimiyatni egallaganiga ham 4 yil toʻladi. Tolibonlar hokimiyatga kelgach, dastlabki eʼtiborini mamlakatda markazlashtirilgan boshqaruvni qaror toptirish, afyun yetishtirishga chek qoʻyish va mamlakatni islom shariati doirasida qabul qilingan qonunlar asosida boshqarishga qaratdi. Shuningdek, yangi hokimiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotni yaxshilash, qoʻshni davlatlar bilan barqaror va pragmatik siyosat yuritish hamda xalqaro maydonda tan olinishga erishishga harakat qilmoqda.
Jahon
15.07.2025, 10:57
Ulashish:
Biroq, joriy yilning 21 iyun kuni Afgʻonistonning shimoli-sharqiy viloyati – Badaxshonning Hash tumanida yuz bergan mahalliy noroziliklar va ularning kuch bilan bostirilishi mamlakatning endi shakllanib borayotgan xalqaro imidjini soʻroq ostiga olmoqda. Shu bilan birga, Tojikiston, Xitoy va Pokiston kabi davlatlar bilan chegaradosh va strategik jihatdan muhim boʻlgan Badaxshon viloyatidagi Tolibon harakatlari jahon hamjamiyatiga integratsiyalashish yoʻlida muhim taktika sifatida qaralishi mumkin.
Badaxshonning Hash tumanida yuz bergan noroziliklar birinchi marta roʻy berayotgani yoʻq. Bunday voqealar 2024 yilning bahor-yoz oylarida ham sodir boʻlgan edi. Mahalliy noroziliklarning asosiy sabablari sifatida quyidagilarni koʻrsatish mumkin: birinchidan, Tolibonning afyun yetishtirishni keskin cheklash siyosati viloyatni asosiy iqtisodiy daromad manbasidan mahrum qildi. Bu esa oʻz navbatida kambagʻallik va ochlikning kuchayishiga, shuningdek, mahalliy aholining noroziligiga olib kelmoqda. Ikkinchidan, yangi hokimiyatning mamlakatni kuchli markazlashtirishga boʻlgan intilishi tufayli maʼmuriy lavozimlarning aksariyatiga pashtunlarning tayinlanishi, forsiy tilida soʻzlashuvchi mahalliy aholi va maʼmuriyat oʻrtasidagi muloqotning samaradorligini pasaytirdi. Noroziliklar tojik va oʻzbeklar koʻpchilikni tashkil qiladigan hududda yuz bergan boʻlib, aholining mahalliy vakillardan ham maʼmuriy lavozimlarga nomzodlar koʻrsatish istagini ifodalaydi. Bu orqali mahalliy aholi davlat idoralari bilan samarali va pragmatik muloqot olib borish imkoniyatiga ega boʻlishni xohlagan boʻlishi mumkin.
Yuqoridagi muammolarga qaramay, Tolibonning bu ziddiyatli hududda amalga oshirayotgan oʻzgarishlari uning xalqaro maydonda olib borayotgan murakkab tashqi siyosatining nozik bir qismi boʻlishi mumkin. Birinchidan, yangi hokimiyat iqtisodiy inqirozga qaramasdan, mamlakatning muhim daromad manbalaridan biri boʻlgan afyun yetishtirishdan voz kechishi va keng qamrovli antinarkotik siyosat olib borishi uni jahon hamjamiyati koʻz oʻngida qoʻpol harbiylar hokimiyati emas, balki pragmatik, jasoratli islohotchi hukumat sifatida koʻrsatishga xizmat qilmoqda. Biroq Hash tumanidagi noroziliklarning kuch bilan bostirilishi muayyan paradoksal vaziyatni yuzaga keltirdi: bir tomondan afyun yetishtirishga qarshi kurash olqishlanayotgan boʻlsa, boshqa tomondan bu siyosatni amalga oshirishda kuchga tayanish keskin tanqid qilinmoqda.
Shunga qaramay, 2024-2025 yillarda BMT boshchiligida oʻtgan Doha uchrashuvida xususiy sektorni rivojlantirish va narkotik vositalarga qarshi kurashishda BMT bilan hamkorlik qilish boʻyicha erishilgan kelishuvlar jahon hamjamiyatining asta-sekin yangi hukumatga nisbatan ijobiy munosabat shakllantirib borayotganidan darak beradi. Ikkinchidan, mamlakatda barqarorlikni saqlashda kuchdan foydalanilishi Tolibon hokimiyatining markazlashtirilgan nazoratga ega ekanligini va har qanday ziddiyatlarni bartaraf eta olish salohiyatini koʻrsatmoqda. Bu esa Janubiy Osiyo mintaqasida geosiyosiy jihatdan muhim oʻrin tutgan Afgʻonistonning yangi hukumatiga yirik davlatlar ishonch bilan qarashiga hamda u bilan munosabatlarni kengaytirishiga olib kelmoqda. Rossiya Federatsiyasining Tolibon hukumatini tan olganligi, Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoyning Afgʻoniston bilan iqtisodiy hamda qoʻshnichilik aloqalarini kengaytirishga boʻlgan intilishi ushbu taxminlarning amaliy tasdigʻi boʻlishi mumkin.
Dastlab hokimiyatga kelganida Tolibon harakati salbiy qarshi olinib, uning kelajagiga shubha bilan qaralgan boʻlsa, bugungi kunga kelib, uning pragmatik va uzoqni koʻzlagan tashqi siyosati tufayli bu munosabat asta-sekin oʻzgarib borishi mumkin.
Xoʻjabekov Ubaydullo Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI)
Jahon
15.07.2025, 10:57
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

AQSh oʻnlab BMT va xalqaro tashkilotlardan chiqmoqchi
Jahon
08.01.2026, 15:33

Tolibon Oʻzbeksiton chegarasida nima qurmoqda?
Jahon
06.11.2025, 12:11

BMT tugatilishi kerakmi?
Siyosat
15.10.2025, 12:24

“Tolibon” oʻquvchilarni bomba yaratish uchun zamonaviy bilimlarni egallashga chaqirdi
Jahon
28.09.2025, 16:01

BMTning boʻsh zalida Netanyahu Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilish kerkligini aytdi
Jahon
28.09.2025, 14:29
Suriya prezidenti BMT minbaridan Turkiya va boshqa mamlakatlarga minnatdorlik bildirdi
Jahon
25.09.2025, 13:04
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
So‘nggi yangiliklar

Ramazon hayiti Qirgʻizistonda 20 mart kuni nishonlanadi
Jahon
11.03.2026, 06:46

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi
Jahon
10.03.2026, 23:39

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi
Oʻzbekiston
10.03.2026, 17:51

Tashanov: Meni javobgarlikka tortishyapti
Oʻzbekiston
10.03.2026, 14:35

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?
Jahon
10.03.2026, 13:04

Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak
Jahon
10.03.2026, 11:47

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi
Iqtisodiyot
10.03.2026, 10:29

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda
Oʻzbekiston
09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 06:42

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
08.03.2026, 10:51

Isroilda politsiya ushlagan oʻzbekistonlik boʻyicha rasmiy bayonot berildi
Oʻzbekiston
08.03.2026, 08:03

Dubayda oltin geosiyosiy keskinlik sababli katta chegirmalar bilan sotilmoqda - Bloomberg
Iqtisodiyot
08.03.2026, 07:43
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
