Jahonda ketma-ket avj olayotgan nizolar — Rossiya–Ukraina urushi, Isroil–Falastin toʻqnashuvi, Sudandagi qurolli mojaro, Afgʻoniston–Pokiston inqirozi va AQSh–Venesuela keskinliklari — fon boʻlib xizmat qilar ekan, xalqaro sahnada yana bir xatarli nuqta paydo boʻldi: Xitoy va Yaponiya oʻrtasida Tayvan masalasi atrofida kuchayib borayotgan qarama-qarshilik.