Yaponiya va Xitoy oʻrtasidagi siyosiy keskinlik: Tayvan muammosi iqtisodiyotga tahdid solmoqda
Jahonda ketma-ket avj olayotgan nizolar — Rossiya–Ukraina urushi, Isroil–Falastin toʻqnashuvi, Sudandagi qurolli mojaro, Afgʻoniston–Pokiston inqirozi va AQSh–Venesuela keskinliklari — fon boʻlib xizmat qilar ekan, xalqaro sahnada yana bir xatarli nuqta paydo boʻldi: Xitoy va Yaponiya oʻrtasida Tayvan masalasi atrofida kuchayib borayotgan qarama-qarshilik.
Jahon
11.12.2025, 19:14
Ulashish:

Yarimoʻtkazgichlar sanoati va geostrategik ahamiyati bilan alohida oʻrin tutadigan Tayvan atrofidagi har qanday keskinlik butun mintaqani izdan chiqarishi mumkin.
Tarixiy manzara: ikki davlat munosabatlaridagi “qizil chiziq”
Yaponiya va Xitoy munosabatlaridagi anʼanaviy nizoli nuqta — Senkaku orollari boʻlib kelgan. Biroq bu safar masala yanada jiddiy: Pekinning ehtimoliy Tayvanga harbiy bosqini muhokama etilmoqda. Si Szinpin Tayvanni Xitoyning ajralmas qismi deb biladi.
1949 yildan buyon oʻz maʼmuriyati bilan boshqarilib kelayotgan Tayvan xalqaro maydonda “Yagona Xitoy” siyosati tufayli mustaqil davlat sifatida rasman tan olinmagan. Shunga qaramay, orol amalda alohida siyosiy-iqtisodiy tizim sifatida yashab kelmoqda.
Siyosiy keskinlashuv: Tokio–Pekin munosabatlari yomonlashmoqda
2025 yil 21 oktabrda Yaponiya tarixida ilk bor ayol bosh vazir — Sanae Takaiti tayinlandi. U qisqa fursatda Tayvanga ochiq koʻmak bildirib, ijtimoiy tarmoqlarda Tayvan rasmiylari bilan suratlarini joyladi. Pekin buni “ortdan urilgan zarba” deb baholadi.
7 noyabrda Takaiti parlamentda yana bir kuchli bayonot berdi:
“Xitoy Tayvanga hujum qilsa, Yaponiya harbiy aralashuvga tayyor.”
Bu bayonotdan keyin Xitoy OAV Ikkinchi jahon urushidagi yapon harbiy jinoyatlarini yodga soldi, Mudofaa vazirligi esa Tokioni “qizil chiziqni kesib oʻtmaslik” haqida ogohlantirdi.
Mojaro iqtisodiy oqibatlari: kim koʻproq yoʻqotadi?
Muttaxassislar bu mojaro birinchi navbatda Yaponiya iqtisodiyoti uchun katta xavf ekanini aytmoqda. Ammo uzoq davom etuvchi keskinlik Xitoyga ham arzonga tushmaydi.
Oʻzaro bogʻliq savdo
- Yaponiya YaIMi — 4 trln dollar atrofida.
- Xitoy esa jahondagi ikkinchi eng yirik iqtisod.
Ikki davlat savdosi 2024 yilda 300 mlrd dollardan oshgan, 2025 yil dekabriga kelib 310–320 mlrd dollarga yetdi. Jahonda bunday darajada oʻzaro bogʻliq boʻlgan iqtisodiy sheriklar juda kam.
Yaponiya eksportining 20%i Xitoyga toʻgʻri keladi. Bu tarmoqlarda eng katta xatar paydo boʻladi:
- avtomobilsozlik (Toyota, Honda),
- elektronika (Sony),
- sanoat uskunalari,
- yarimoʻtkazgichlar.
Savdoni cheklash Yaponiya iqtisodiyotiga ogʻir zarba berishi shubhasiz.
Ijtimoiy oqibatlar
Eksport pasaysa:
- mehnat bozorida katta bosim paydo boʻladi,
- ishsizlik 8%gacha oʻsishi mumkin,
- ommaviy ishdan boʻshatish va ijtimoiy beqarorlik xavfi kuchayadi.
Ekspertlar fikricha, jiddiy iqtisodiy inqiroz yuz bersa, Yaponiya “boy mamlakat” maqomini yoʻqotishi va tiklanishga oʻn yillab vaqt kerak boʻladi.
Turizm va madaniyatga zarba
Mojaro avvalidayoq Xitoy Yaponiyaga sayohatni cheklab, turizm sektoriga katta zarba berdi.
- Tokio ehtimolan 11,5 mlrd dollar yoʻqotadi.
- 30% xitoylik turistlar safari bekor qilindi.
- Yil yakuniga qadar zarar 500 mln — 1,2 mlrd dollar oraligʻida boʻlishi mumkin.
Shu bilan birga, Xitoyda yapon konserti va filmlari taqiqlandi.
Xitoyning bosim vositalari
Pekin qoʻllashi mumkin boʻlgan iqtisodiy bosim instrumentlari:
- investitsiya cheklovlari,
- qoʻshimcha bojlar,
- antimonopol tekshiruvlar,
- eng kuchli vosita: kamyob metalllar eksportini cheklash.
Yaponiyaning yuqori texnologiya sohalari (elektromobillar, elektronika, mudofaa sanoati) ushbu minerallarga qattiq bogʻliq.
Geosiyosiy omillar
Yaponiyaning 90% energiyasi va xom ashyosi dengiz orqali keladi. Xitoy harbiy kuchlari bu yoʻllarga tahdid qilsa, Yaponiya iqtisodiyoti falaj boʻlishi mumkin.
Yaponiya ham mintaqa dengiz yoʻllariga taʼsir oʻtkazishga urinishi mumkin, ammo amalda bu yoʻllar boshqa davlatlar yurisdiksiyasida. Xitoy esa quruqlikdagi alternativ transport yoʻllariga ega (Rossiya, Markaziy Osiyo orqali).
Munosabatlar “sovuq siyosat, issiq iqtisodiyot” bosqichidan
“sovuq siyosat, yanada sovuq iqtisodiyot” holatiga oʻtmoqda.
Xulosa: siyosiy ziddiyatlar ortidagi iqtisodiy mantiq
Xitoy ham, Yaponiya ham global iqtisodiyotga chambarchas bogʻlangan. Mojaro har ikkisi uchun ham katta iqtisodiy xavf tugʻdiradi. Shundan kelib chiqib, mutaxassislar:
- konfrontatsiya emas, muzokara va hamkorlik ikkala davlat uchun ratsional yoʻl,
keskinlik ortishi esa jahon iqtisodiyotiga ham keng koʻlamli taʼsir koʻrsatishini taʼkidlamoqda.
Muallif: Aziz SOLIYeV
Mavzuga oid yangiliklar

Xitoy kemalari Yaponiya nazoratidagi orolga kirib bordi
Jahon
17.11.2025, 14:24

Arab davlatlari Eronga qarshi urushga kiradimi?
Jahon
05.03.2026, 09:23

Siyosat tutuni: iqlim oʻzgarishi omillari
Jahon
03.03.2026, 15:36

Bir nechta davlatlar Eronga qarshi hujumga otlanmoqda
Jahon
02.03.2026, 15:58

Yaqin Sharq alangada: Eronning 6 toʻlqinli zarbalari ortidan keng koʻlamli urush xavfi kuchaydi
Jahon
02.03.2026, 10:18

Ali Xominaiy halok boʻldi: Eronda motam, rasmiy Tehron qasos haqida ogohlantirdi
Jahon
01.03.2026, 08:32
Mashhur yangiliklar

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15
So‘nggi yangiliklar

Xosilbek Eshnazarov oilasiga poytaxtdan 3 xonali kvartira topshirildi
Oʻzbekiston
06.03.2026, 07:38

Myunxen Olimpiadasi: sport tarixidagi qora kun
Sport
05.03.2026, 14:47

Minglab oʻzbekistonliklar Yaqin Sharqdan evakuatsiya qilindi
Oʻzbekiston
05.03.2026, 12:56

Elektromobil batareyalari iqlim oʻzgarishiga tayyormi?
Iqtisodiyot
05.03.2026, 11:01

Arab davlatlari Eronga qarshi urushga kiradimi?
Jahon
05.03.2026, 09:23

Dubay xalqaro aeroportidagi uzilishlar iqtisodiyotga jiddiy zarba bermoqda
Iqtisodiyot
04.03.2026, 16:47

Ayollar koloniyasidagi mahkumalar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi
Oʻzbekiston
04.03.2026, 15:05

“ChatGPTdan voz keching” – OpenAI modellariga boykot avj olmoqda
Jahon
04.03.2026, 13:11

Homilador talabalarga “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi
Ta'lim
04.03.2026, 11:59

Tibbiyot oliygohlarida superkontrakt bekor qilinishi mumkin
Ta'lim
04.03.2026, 10:02

Pedofillar umrbod ozodlikdan mahrum qilinadi — Prezident farmoni
Oʻzbekiston
04.03.2026, 06:16

"Oʻldi"ga chiqarilgan Netanyaxu Berlindan qaytdi
Jahon
03.03.2026, 22:47
Mashhur yangiliklar

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15
