Prezident Shavkat Mirziyoyev “Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi. Maʼlumotlarga koʻra, hozirda Respublikada huquqiy hujjatlari mavjud boʻlmagan yoki toʻliq boʻlmagan 3 million 600 mingdan ortiq yer uchastkalari bor. Yangi qonun natijasida hujjatlari mavjud boʻlmagan yakka tartibda qurilgan uy-joylar va bino inshootlarga egalik huquqi eʼtirof etiladi.