Oʻzbekistonda urbanizatsiya poygasi: 2026 yilda 140 ming xonadon uchun uy quriladi
Oʻzbekiston oʻz tarixidagi eng yirik qurilish va urbanizatsiya islohotlari ostonasida turibdi. 2040 yilgacha uy-oʻy qurilishi ikki barabar oshib ketadi! Renovatsiya ulushi 60%ga chiqadi, tadbirkorlar uchun "qurilishga tayyor yer" tizimi joriy etiladi.
Iqtisodiyot
04.02.2026, 12:07
Ulashish:

Prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan yangi strategik reja mamlakatning demografik oʻsishi va aholi farovonligini taʼminlashga qaratilgan muhim qadamlarni oʻz ichiga oladi.
Qurilish hajmi: har yili yangi rekordlar
Hukumat kelgusi yillarda oʻy qurilishini bosqichma-bosqich kengaytirishni maqsad qilgan. Xususan:
- 2026 yilda — 140 ming xonadon
- 2027 yilda — 150 ming xonadon
- 2028 yilda — 160 ming xonadon
Bu raqamlar soʻnggi 8 yilda amalga oshirilgan ulkan ishlar (120 million kv.m turar joy) davomidir. Shu davrda 541 ming fuqaro 103 trln soʻmlik moliyaviy koʻmak (ipoteka va subsidiyalar) yordamida uyga ega boʻldi.
Demografik bosim va 2040 strategiyasi
Hozirgi kunda Oʻzbekistonda har yili taxminan 200 ming yangi oila barpo etiladi. Hozirgi oʻrtacha uy-oʻy maydoni 18,9 kv.m. Xalqaro standartlarga muvofiq, bu koʻrsatkichni 23 kv.m ga chiqarish choralari koʻrilmoqda.
“Strategik maqsad — 2040 yilga borib, yillik qurilish hajmini 280 ming xonadonga yetkazish.”
Eskirgan uylar oʻrniga zamonaviy rekonstruksiya
Yangi tizimning asosiy ustunlaridan biri — renovatsiya. Hozirda uy-oʻy fondini yangilash ulushi 15% boʻlsa, 2040 yilga kelib bu koʻrsatkich 60% ga chiqarilishi va “Yangi Oʻzbekiston” massivlari soni 120 taga yetkazilishi rejalashtirilgan. Bu jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun maxsus qoʻmita ham tashkil etildi.
Byurokratiyaga barham: “Qurilishga tayyor yer”
Tadbirkorlar va quruvchilar uchun eng katta yangilik — ruxsat olish jarayonlarining isloh qilinishidir. Hozirgi 9 bosqichli va 120 kungacha choʻzilgan jarayon oʻrniga quyidagi tizim taklif qilinmoqda:
- Auksiondan oldin tayyor hujjatlar — yer auksionga chiqishidan oldin barcha ruxsatnomalar rasmiylashtiriladi.
Tezkor start — tadbirkor yerni utgan kundan boshlab, qoʻshimcha kelishuvlarsiz qurilishni boshlashi mumkin.
Raqamli kelajak va xalqaro tajriba
Sohani modernizatsiya qilishda raqamli boshqaruv va loyiha institutlarini kuchaytirish ustuvor vazifa qilib belgilandi. Shuningdek, jarayonlarga xorijiy mutaxassislar jalb qilinishi qurilish sifati va samaradorligini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu takliflarni maʼqullab, belgilangan marralarga erishish boʻyicha aniq vazifalarni belgiladi.
Iqtisodiyot
04.02.2026, 12:07
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Baland minorali uylar qanday quriladi?
Jahon
14.01.2026, 13:09

Qurilayotgan uylarning zilzilaga chidamligi: nima uchun bu muhim va qanday oʻlchanadi?
Oʻzbekiston
06.01.2026, 12:40

Nega ayrim mamlakatlar baland minoralar qurishdan voz kechyapti?
Jahon
02.01.2026, 10:18

Toʻliq toʻlash yoki boʻlib toʻlash: uy xaridida qaysi qaror toʻgʻri?
Oʻzbekiston
30.12.2025, 10:50

Yangi qurilishdan uy xarid qilish: toʻgʻri qaror qanday qabul qilinadi?
Oʻzbekiston
27.12.2025, 11:45

Yangi uy-joy xarid qilgan xaridorga keshbek beriladi
Iqtisodiyot
23.12.2025, 18:07
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
So‘nggi yangiliklar

Tashanov: Meni javobgarlikka tortishyapti
Oʻzbekiston
10.03.2026, 14:35

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?
Jahon
10.03.2026, 13:04

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi
Jahon
10.03.2026, 12:26

Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak
Jahon
10.03.2026, 11:47

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi
Iqtisodiyot
10.03.2026, 10:29

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda
Oʻzbekiston
09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 06:42

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
08.03.2026, 10:51

Isroilda politsiya ushlagan oʻzbekistonlik boʻyicha rasmiy bayonot berildi
Oʻzbekiston
08.03.2026, 08:03

Dubayda oltin geosiyosiy keskinlik sababli katta chegirmalar bilan sotilmoqda - Bloomberg
Iqtisodiyot
08.03.2026, 07:43

Qashqadaryoga 800 ta kitobdan iborat sepi bilan kelgan kelin
Madaniy
08.03.2026, 07:37

Vengriya konfiskovala ukrainskiye millionы i zoloto: diplomaticheskiy skandal mejdu Kiyevom i Budapeshtom.
Iqtisodiyot
07.03.2026, 14:42
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
