Toshkentda joriy etilgan pulli parkovka tizimi atrofida munozaralar davom etar ekan, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi aholi manfaatlarini inobatga olgan holda bir qator takliflarni ilgari surdi. Yaʼni, tariflarni belgilashda aholining real daromadlari va ijtimoiy ehtiyojlari hisobga olinishi, yigʻilayotgan mablagʻlar qayerga sarflanishi haqida toʻliq ochiq maʼlumot taqdim etilishi shart.