updated: 22.03.2026, 08:08

Pulli parkovka boʻyicha auksion qayta oʻtkazilishi kerakmi?

Toshkentda joriy etilgan pulli parkovka tizimi atrofida munozaralar davom etar ekan, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi aholi manfaatlarini inobatga olgan holda bir qator takliflarni ilgari surdi. Yaʼni, tariflarni belgilashda aholining real daromadlari va ijtimoiy ehtiyojlari hisobga olinishi, yigʻilayotgan mablagʻlar qayerga sarflanishi haqida toʻliq ochiq maʼlumot taqdim etilishi shart.

Ulashish:

Pulli parkovka boʻyicha auksion qayta oʻtkazilishi kerakmi?

Partiyaning bildirishicha, tarif siyosati, ijtimoiy himoya va ochiqlikka oid talablar jamoatchilik uchun muhim hisoblanadi.

XDP quyidagi shartlarni belgiladi:

  • tariflarni belgilashda aholining real daromadlari va ijtimoiy ehtiyojlari hisobga olinishi;
  • yigʻilayotgan mablagʻlar qayerga sarflanishi haqida toʻliq ochiq maʼlumot taqdim etilishi;
  • davlat shifoxonalari, «Inson» markazlari, kutubxonalar kabi ijtimoiy obʼektlar oldida maʼlum vaqt bepul toʻxtash imkoni yaratilishi;
  • xususiy va jamoat obʼektlaridagi parkovkalarning kamida 5 foizi imtiyozli toifalar uchun bepul ajratilishi;
  • «toʻxtash mumkin emas» belgisi boʻlgan joylarda pulli toʻxtash joyi tashkil etilishining toʻxtatilishi.

Shu bilan birga, ayrim kuzatuvchilar va faollar bu talablarni amalga oshirish amalda mumkin emasligini taʼkidlamoqda. Ularga koʻra, avvalambor oʻtgan yilgi pulli parkovka boʻyicha auksion natijalari bekor qilinishi va mazkur jarayon yangidan, shaffof va raqobatli tarzda oʻtkazilishi zarur.

Tanqidchilarning taʼkidlashicha, amaldagi operatorni tanlash jarayoni boʻyicha jiddiy shubhalar mavjud va korrupsiya haqidagi eʼtirozlar jamoatchilikda keskin norozilik uygʻotgan.

 Ular parkovka tizimi operatorligi avval davlatga qaytarilishi, shundan keyin ochiq auksion orqali yangi tanlov oʻtkazilishi kerakligini aytishmoqda. Yangi tanlovda ishtirokchilar Toshkent aholisining talablarini oldindan inobatga olgan holda ishtirok etishi va moliyaviy kafolatga ega boʻlishi shart ekani taʼkidlanmoqda.

Muammoga oid muhokamalar davom etmoqda.

Mavzuga oid yangiliklar

Toshkentda yangi koʻprik oʻpirilib tushdi

Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Temur Malik va Buyuk Ipak yoʻli koʻchalari kesishmasida joylashgan yangi yoʻl oʻtkazgichning bir qismi oʻpirilib tushdi. Hodisa kuchli yomgʻirdan soʻng sodir boʻlgan.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 14:48

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Kosmonavtlar" metro bekati yaqinida osmonda uchib oʻtayotgan nomaʼlum yorqin jismning videosi tarqaldi. 

Fan-texnologiya

20.02.2026, 12:06

Toshkentda fuqarolar murojaatlarini qabul qilishda yangi tartib joriy etildi

Endilikda Toshkent shahri koʻchalarida ichki ishlar organlari xodimiga qilingan murojaat 102 raqamiga qoʻngʻiroq qilish bilan teng hisoblanadi.

Oʻzbekiston

27.01.2026, 16:02

Toshkentda YPX inspektorini xizmat paytida urib ketdi

Hodisa joriy yilning 22 yanvar kuni soat 17:30 atrofida Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Shahrisabz va Mustaqillik shoh koʻchalari chorrahasida sodir boʻlgan. 

Oʻzbekiston

23.01.2026, 08:52

Toshkentdagi ekologik xavfli 87 ta korxona shahar tashqarisiga koʻchiriladi

Bu, ayniqsa, Toshkent va Nukus shaharlari, shuningdek, viloyat markazlarida joylashgan asbest va sement sanoati, charm-poyabzal, parrandachilik, qora va rangli metallurgiya kabi energiya talabchan tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan korxonalarga taalluqlidir.

Oʻzbekiston

19.01.2026, 13:20

Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi

Numbeo portali 2025 yil yakunlariga koʻra dunyodagi eng xavfsiz shaharlar reytingi natijalarini eʼlon qildi. Abu-Dabi jahon boʻyicha  eng xavfsiz shaharlar roʻyxatida peshqadam.

Jahon

17.01.2026, 12:23

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45