Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Zokirjon Almatov Fargʻonaning Furqat tumanida IIB xodimlari maktab direktori boʻlgan ayolni yechintirib, kaltaklagani yuzasidan munosabat bildirib, “Bu — oʻtaketgan vahshiylik. U rahbar [tuman IIB boshligʻi — tahr.] qaysidir yoʻllar bilan amalga oʻtirib qolgan, deb oʻylayman... Biz oʻzidan ketib qolgan bunday rahbarlarni aslo kechirmaymiz”, — dedi Almatov.