IIV rahbariyati ilk bor Furqatdagi holat boʻyicha munosabat bildirdi
Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Zokirjon Almatov Fargʻonaning Furqat tumanida IIB xodimlari maktab direktori boʻlgan ayolni yechintirib, kaltaklagani yuzasidan munosabat bildirib, “Bu — oʻtaketgan vahshiylik. U rahbar [tuman IIB boshligʻi — tahr.] qaysidir yoʻllar bilan amalga oʻtirib qolgan, deb oʻylayman... Biz oʻzidan ketib qolgan bunday rahbarlarni aslo kechirmaymiz”, — dedi Almatov.
Oʻzbekiston
08.10.2025, 10:45
Ulashish:

Foto: IIV
Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Zokirjon Almatov Fargʻona viloyati Furqat tumani IIB xodimlari tomonidan maktab direktorining tahqirlanishiga munosabat bildirdi. Bu haqda u IIV huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolari va OAV vakillari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida toʻxtalib oʻtdi.
Almatovning taʼkidlashicha, ichki ishlar idoralarida ishlaydigan har bir xodim oʻzini psixologik jihatdan tayyorlashi, jahlini jilovlay olishi kerak.
“Bu — oʻtaketgan vahshiylik. U rahbar [tuman IIB boshligʻi — tahr.] qaysidir yoʻllar bilan amalga oʻtirib qolgan, deb oʻylayman. Qanday sharoitda boʻlsa ham, ichki ishlar idorasi xodimi oʻzini ushlashni bilishi kerak. Biz oʻzidan ketib qolgan bunday rahbarlarni aslo kechirmaymiz”, — dedi u.
«Har bir yigʻilishda vazir, vazirlik rahbariyati, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshliqlari xodimlardan shu narsani talab qiladi: jahlingga erk berma, jahlingni jilovla, odamlarni avval yaxshilab eshit, deymiz. Hatto bizga jahl qilib, oʻzini osib qoʻyganlar ham boʻlgan. Shuning uchun yigitlar, qizlarimiz, eshitinglar. Insonlarga nisbatan mehr-muhabbat degan tuygʻularning hammasi bizda boʻlish shart. Siz bilan biz faqat qamash uchun yaratilmaganmiz. Tarbiyalash, insonlarga gʻamxoʻrlik qilish, ularga yordam berish uchun ichki ishlar xodimlari bor. Shu narsa hech qachon esimizdan chiqmasin. Lekin odam boʻlmaydiganlarning qonun boʻyicha jazosini berishimiz shart. Shu bois bizning faoliyatimizda har xil odamlar uchrab turadi», — deydi IIV maslahatchisi.
Zokirjon Almatovning qoʻshimcha qilishicha, mazkur holat boʻyicha maxsus tekshiruv olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Furqat tumanida IIB xodimlari maktab direktori boʻlib ishlaydigan 34 yoshli ayolni tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi bilan birga yechintirib, kaltaklagani maʼlum boʻlgan edi. Ular ayolni soliq inspeksiyasi boshligʻi ustidan yolgʻon ariza berishga majburlab, kaltaklagan. Garchi IIB rahbari va oʻrinbosariga jinoyat ishi ochilgan boʻlsa-da, bu ishni sodir etgan IIB xodimlari hamon ozodlikda.
Senat mazkur ish nazoratga olinganini bildirdi. Oliy sudga koʻra, Furqat tumani IIB boshligʻi va oʻrinbosari 6 ta modda boʻyicha ayblanmoqda.
Oʻzbekiston
08.10.2025, 10:45
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Rossiyada migrantlar geolokatsiyasi kuzatilishi uchun maxsus smartfon sotib olishga majburlanishi mumkin
Jahon
16.07.2026, 10:52

"Kvadrober"larning ota-onalari jarimaga tortiladi — IIV
Oʻzbekiston
14.10.2024, 11:41
Mashhur yangiliklar

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Istanbulda özbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi
Oʻzbekiston
24.09.2026, 16:53

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38
So'nggi yangiliklar

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi
Madaniy
23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30

Özbekistonda gaz ballonlari noqonuniy sotilmoqda
Oʻzbekiston
23.10.2026, 09:20

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi
Jahon
21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?
Iqtisodiyot
21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?
Madaniy
21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi
Jahon
21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi
Oʻzbekiston
21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST
Jahon
20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi
Oʻzbekiston
20.10.2026, 13:03

O‘zbekiston va AQSh oʻrtasida qancha miqdordagi kelishuv imzolandi
Iqtisodiyot
20.10.2026, 10:27

35 yilda O‘zbekiston aholisi qariyb 19 million kishiga ko‘paydi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 16:48

Samarqandda 310 milliard so'mlik ko'prik qurilmoqda
Oʻzbekiston
19.10.2026, 10:11

Samarqandga kirish besh kun davomida cheklanadi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 09:41

4,7 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston energetikasi qanday rivojlanmoqda?
Iqtisodiyot
17.10.2026, 15:32

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Xitoy va AQSH Markaziy Osiyoda: iqtisodiy raqobat yangi bosqichdami?
Siyosat
17.10.2026, 12:12
Mashhur yangiliklar

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Istanbulda özbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi
Oʻzbekiston
24.09.2026, 16:53

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38
