Qozogʻistonda parlament deputatlari bolalar, kasal yoki keksa qarindoshlariga qarayotgan ayollar uchun ish soatini qisqartirish taklifini ilgari surdi. Qozogʻistonda ayollar har kuni oʻrtacha 480 daqiqa ish vaqtini, qoʻshimcha ravishda esa 246 daqiqa uy yumushlari va qarindoshlarga gʻamxoʻrlik qilishga sarflayapti.