Har bir kambagʻal oila uchun uning imkoniyatlari va xohish-istaklarini hisobga olgan individual reja ishlab chiqiladi. Loyihaviy yondashuv doirasida “Bandlik organlari – ish beruvchilar hamkori”, “Teng imkoniyat – inklyuziv bandlik”, “Mahallda tadbirkorlikni rivojlantirish” va boshqa dasturlar orqali 1 million nafar kambagʻal qamrab olinishi rejalashtirilgan.