Energetik ichimlikdan “huzur qilish” insoniyatga qanchaga tushyapti?Yozning jazirama kunlarida salqin ichimliklarni kim ham xush koʻrmaydi deysiz? Albatta, bunday ichimliklar issiq kunlarda bizning chanqogʻimizni qondirish uchun xizmat qiladi. Ammo ularning shunday turlari borki, uning inson sogʻligʻiga zarari foydasidan koʻra karrasiga ortiq. Bu energetik ichimliklardir. Xoʻsh, bosh miyadan tortib boʻgʻimlargacha shikastlashi mumkin boʻlgan bunday ichimliklar nega oʻylab topilgan edi? Energetik ichimliklar qanday jiddiy kasalliklarga olib keladi? Qonunchilikda qanday choralar mavjud?.. Mazkur savollarga PARADIGMA.UZ tomonidan tayyorlangan navbatdagi maqola orqali javob olishingiz mumkin.