Andijon viloyati Marhamat tumani hokim oʻrinbosari mavqeidan foydalanib, tumani hududidan 8 ta savdo doʻkoni qurish uchun yer ajratish va tegishli hujjatlarni yuqorida ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan 14 800 dollar olayotgan vaqtida qoʻlga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.