Yana hokim oʻrinbosari pora bilan qoʻlga tushdi
Andijon viloyatining Xonabod shahar hokim oʻrinbosari, Andijon tumani hokimining sobiq oʻrinbosari va Toshkent viloyati Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari nafaqa jamgʻarmasining Ohangaron tuman boʻlimi boshligʻi pora bilan qoʻlga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.
Oʻzbekiston
15.07.2025, 10:34
Ulashish:

Foto: Davlat xavfsizlik xizmati
Qayd etilishicha, Andijon viloyatining Xonobod shahar hokimi oʻrinbosari va spirtli ichimliklar savdosi bilan shugʻullanuvchi MChJning muqaddam sudlangan rahbari oʻzaro til biriktirib, mahalliy tadbirkorga matras, profnastil va bolalar tagliklari ishlab chiqarish korxonasini tashkil etishi uchun hokimlik zaxirasida boʻlgan 4 gektar yer maydonini alohida lot sifatida auksion savdoga qoʻydirib, 2 mlrd soʻmga yutib, uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 20 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Andijon viloyatidagi yana bir boshqa holatda esa, Andijon tumani hokimining sobiq oʻrinbosari, Andijon shahar statistika boʻlimi boshligʻi va 2 nafar shaxs oʻzaro til biriktirib, kelgusida bolalar mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zavod qurmoqchi boʻlgan tadbirkorga "Ipak yoʻli" erkin iqtisodiy zonasi hududidan 6 gektar yer maydonini auksion savdo orqali olib berish evaziga 600 ming AQSh dollari talab qilishib, oldindan 150 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ushlandi.
Shuningdek, mazkur noqonuniy ishga Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Andijon viloyati boshqarmasi boshligʻining sobiq birinchi oʻrinbosari, hozirda xususiy bandlik agentligi boshligʻi boʻlib ishlab kelayotgan fuqaroning ham aloqadorligi aniqlanib, u ushbu masalada tadbirkorga yordam berish evaziga muqaddam 11 ming AQSh dollari olganligi maʼlum boʻldi.
Toshkent viloyatida qayd etilgan holatda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasining Ohangaron tuman boʻlimi boshligʻi mahalliy fuqaroning yoʻqolgan mehnat daftarchasini tiklab, uni yoshga doir pensiyaga chiqarib berish evaziga 1500 AQSh dollarini pora sifatida olgan vaqtida uning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi.
Taʼkidlash lozimki, ushbu mansabdor shaxs muqaddam Jinoyat Kodeksining 167-moddasi bilan sudlangan boʻlsada, oʻz xatosidan toʻgʻri xulosa chiqarmagan.
Oʻzbekiston
15.07.2025, 10:34
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 14:47

Oʻzbekistonda avtomobil bozori oʻsmoqda: elektromobillar savdosi 40 mingdan oshdi
Iqtisodiyot
17.01.2026, 17:07

Telegram va Instagramda “Musodara tovarlar” nomli soxta guruh egalari ushlandi
Oʻzbekiston
07.01.2026, 14:05

Andijonda hokim oʻrinbosari 15 000 AQSh dollar olayotgan vaqtida qoʻlga tushdi
Oʻzbekiston
11.10.2025, 12:00

Zoyir Mirzayev bolalarning zaharlanishiga aloqador shaxslar ishdan olinish kerakligini aytdi
Oʻzbekiston
08.10.2025, 10:30

Toshkent viloyatida shifoxonalarda davolanayotgan bolalar soni 38 nafarni tashkil etmoqda
Oʻzbekiston
29.09.2025, 15:20
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40
