Tramp Oq uyda C5+1 formati doirasidagi besh davlat – Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston rahbarlari bilan uchrashuvda ayrim mamlakatlar tez orada Ibrohim kelishuvlariga qoʻshilishi mumkinligini aytib oʻtgan. Qozogʻiston ushbu kelishuvga qoʻshilganidan soʻng, Ozarbayjon hamda Oʻzbekiston ham kelgusida Ibrohim kelishuvlariga qoʻshilishi mumkin deb taxmin qilinmoqda. Shuningdek, manba xabarida ushbu davlatlarning Isroil bilan yaqin aloqalarga ega ekanligi alohida taʼkidlangan.