Oʻzbekiston Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida 7–21 noyabr kunlari boʻlib oʻtgan VI Islom birdamligi oʻyinlarini 96 ta medal bilan ikkinchi oʻrinda yakunladi. Mamlakat sportchilari 29 ta oltin 35 ta kumush va 32 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.