2026 yil 1 yanvardan boshlab mamlakat boʻylab yuzni aniqlash funksiyasiga ega videokameralarni oʻrnatish boʻyicha keng koʻlamli dastur amalga oshiriladi. Endi koʻplab obʼektlarda turli nazorat postlari oʻrniga tashrif buyuruvchilarni avtomatik identifikatsiya qiladigan kamera tizimlari ishlaydi va bu nazorat darajasining oshishiga xizmat qiladi.