#migrantlar

Rossiyada hindistonlik mehnat muhojirlari soni keskin oshdi — maoshlar neftdan tushgan rupiyalarda toʻlanadi

Ularga taklif etilayotgan oylik maosh 475–950 yevroni tashkil etmoqda, ayrim hollarda esa 100 ming rublgacha yetadi. Yashash joyi, ovqat va rus tili kurslari ham taʼminlanmoqda.

Jahon

17.01.2026, 09:47

Prezidentdan keskin talab: elchilar “kabinet diplomatiyasi”ni toʻxtatadi

Prezident elchilarni rasmiy ish uslubidan voz kechib, xorijda ishlayotgan va oʻqiyotgan fuqarolar oldiga bevosita borib, ularning muammolari bilan joyida shugʻullanishga chaqirdi.

Oʻzbekiston

15.01.2026, 18:49

Rossiya eshiklari biz uchun yopilsa, nima boʻladi?

Koʻplab iqtidorli yoshlar kelajakka ishonchsizlik sabab taʼlim va rivojlanish oʻrniga maktab yillarini bekor oʻtkazdi. “Ertaga nima qilaman?” degan savolga esa uzoq vaqt davomida yagona javob sifatida “Rossiyaga ketaman” degan fikr shakllandi.

Oʻzbekiston

23.12.2025, 12:10

Moskva viloyatidagi masjidda OMON reyd oʻtkazdi

Tekshiruv davomida 16 nafar noqonuniy migrant qoʻlga olingan. Shuningdek, 37 nafar harbiy hisobda turmagan shaxs OMON tomonidan harbiy komissariatga olib ketilgan.

Jahon

27.11.2025, 14:24

Rossiya migrantlar uchun bepul tibbiy yordam tartibini cheklamoqda

Rossiya Davlat dumasi xorijlik ishchilar uchun majburiy tibbiy sugʻurta (MTS) polisini rasmiylashtirish talablarini qatʼiylashtiruvchi qonun loyihasini maʼqulladi. Yangi tartibga muvofiq, migrantlar MTS polisini olish uchun Rossiya hududida kamida 5 yillik mehnat stajiga ega boʻlishi shart boʻladi.

Oʻzbekiston

22.11.2025, 12:24

Sankt-Peterburgda migrantlarga taqiq ortidan taksi narxlari oshdi

Muhojirlarning taksichilik faoliyati bilan shugʻullanishiga taqiq kuchga kirgan kuniyoq shaharda taksi narxlari 30 foizgacha oshgani xabar qilindi. Tahlilchilarga koʻra, bu holat shundoq ham kadrlar yetishmovchiligi bor boʻlgan taksi va kurerlik sohasidagi vaziyatni yanada ogʻirlashtirdi.

Jahon

10.11.2025, 17:53

Peterburgda oʻzbek migrantlar endi kurerlik qilolmaydi

3 noyabrdan boshlab Sankt-Peterburgda xorijiy fuqarolarning kurerlik sohasida ishlashiga cheklov qoʻyildi. Qaror asosan patent bilan ishlayotgan Ozarboyjon, Oʻzbekiston, Tojikiston, Moldova va Ukraina fuqarolariga tegishli. Biroq, bu qarorning iqtisodiy natijalari — logistika tizimidagi izdan chiqishlar va yetkazib berish xizmatlarining sekinlashishi — yaqin oylarda oʻzini sezdirishi mumkin.

Siyosat

06.11.2025, 11:32

Rossiyada yangi tartib joriy etildi: yana migrantlar ziyoniga

Rossiya Ichki ishlar vazirligi xorijliklarning mamlakatdan chiqib, keyin qayta kirish orqali migratsiya maqomini yangilash amaliyotiga chek qoʻydi. Endi ularga bolalarni bogʻcha yoki taʼlim muassasalariga joylashtirish, transport vositasini boshqarish va yana bir qator taqiqlar qoʻyildi.

Siyosat

05.11.2025, 12:51

Janubiy Koreyada 26 nafar oʻzbekistonlik jarimaga tortildi

Migratsiya agentligi maʼlumotiga koʻra, ularga har bir oy uchun 2000 AQSh dollari miqdorida jarima qoʻllandi. Reydlar APEC-2025 sammiti arafasida kuchaytirilgan boʻlib, qonunbuzarlarga jarima, deportatsiya va mamlakatga kirish taqiqlari qoʻllanishi mumkin.

Oʻzbekiston

27.10.2025, 13:19

106 mingdan ortiq oʻzbekistonlik Rossiyada qonuniy asosda ishga joylashtirilgan

Oʻzbekiston fuqarolarining Rossiyadagi bandligi haqida berilgan maʼlumotga koʻra, joriy yil boshidan buyon 106 mingdan ortiq oʻzbekistonlik fuqaro Rossiyada qonuniy tarzda ishga joylashtirilgan.

Oʻzbekiston

07.10.2025, 13:43

“Men Vatanimning yuziman” nomli aksiya tashkil etiladi

Aksiya “Xorijda ham millat yuzi boʻlib qolaylik” shiori ostida boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston

06.10.2025, 11:52

Rossiyada vaqtincha ishlayotgan uch nafar oʻzbekistonlikning ish haqi undirib berildi

Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari koʻmagida Rossiyaning Tyumen viloyatida mushkul ahvolda qolgan hamyurtlarimizga amaliy yordam koʻrsatildi.

Oʻzbekiston

01.10.2025, 15:20