Moskvadagi 2-Gʻarbiy okrug harbiy sudi oʻzbekistonlik Ahmadjon Qurbonovni Rossiya Qurolli Kuchlarining radiatsiya, kimyoviy va biologik himoya kuchlari boshligʻi, general-leytenant Igor Kirillovning oʻlimiga sabab boʻlgan terroristik hujumni sodir etganlikda ayblab, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qildi.