Kecha, 11 sentabr kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar raisligida Toshkent shahar imom-xatiblarining tanqidiy-tahliliy yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda rais 10 nafar imom noibini lavozimidan ozod etdi. Bu haqda idora matbuot xizmati maʼlum qildi.