Toshkentning 10 nafar imom noibi ishdan oldi
Kecha, 11 sentabr kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar raisligida Toshkent shahar imom-xatiblarining tanqidiy-tahliliy yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda rais 10 nafar imom noibini lavozimidan ozod etdi. Bu haqda idora matbuot xizmati maʼlum qildi.
Oʻzbekiston
12.09.2024, 10:19
Ulashish:

“Majlis avvalida har bir imom-xatib din gʻami, xalq dardi va yurt taqdiri yoʻlida astoydil xizmat qilishi lozimligi, din peshvosi sifatida, aholi, ayniqsa, yoshlarni toʻgʻri yoʻlga boshlashi alohida taʼkidlandi. Shuningdek, soʻnggi yillardagi neʼmatlar qadriga yetish va berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga katta urgʻu qaratildi”, deyiladi xabarda.

Yigʻilish davomida muftiy tomonidan ayrim imom-domlalar zimmasidagi birlamchi vazifasiga jiddiy yondashmayotgani, moʻmin-musulmonlar ehtiyojini taʼminlashda yetarli saʼy-harakat qilmayotgani va ijro intizomidagi nuqsonlar tanqid ostiga olingan. Shuningdek, belgilangan tartib-qoidalar, mehnat shartnomalari talablari va lavozim yoʻriqnomalariga rioya etmayotgan imom-domlalarga chora koʻrilgani bildirilgan.
“2024 yilning oʻtgan sakkiz oyida mana shunday xato-kamchiliklarni sodir etgan, din peshvosi sifatida ish faoliyatiga eʼtibor qaratmagan va mehnat majburiyatlarini yetarli darajada bajarmagan Toshkent shahridagi masjidlarda faoliyat yuritgan 8 nafar imom-xatib, 10 nafar imom noibi vazifasidan ozod etilgan hamda 2 nafar imom-xatib va 2 nafar imom noibiga esa hayfsan intizomiy chorasi qoʻllangan”, deyiladi xabarda.
Ammo xabarda yuqorida taʼkidlanganidek, mehnat majburiyatlarini yetarli darajada bajarmagan imomlar qaysi masjidda faoliyat yuritishi va ular kimlar ekani haqida maʼlumot ochiqlanmagan.

Tadbir yakunida esa muftiy har bir imom-xatib din va mehrob omonatini chuqur his etishi, faoliyatini yaxshilab borishi, zamon bilan hamnafaslikda doimiy bilim-malakalarini oshirishi va peshvolik maqomiga munosib boʻlishiga alohida toʻxtalgan. Shuningdek, u barcha imom-xatiblarni ushbu martabada shariat xodimi sifatida ixlos-u muhabbat, taqvo va sadoqat bilan xizmat qilishlariga daʼvat etgani bildirilgan.
Oʻzbekiston
12.09.2024, 10:19
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Poytaxtda issiq suv va issiqlik taʼminoti tariflari 15 foizga oshiriladi
Oʻzbekiston
28.10.2025, 07:56

Toshkentda kesilgan 145 tup daraxt boʻyicha hokimlik izoh berdi
Oʻzbekiston
27.10.2025, 10:00

Usik va Krouford Toshkentga keladi!
Sport
30.09.2025, 12:06

Toshkentdagi Rohat aylanma yoʻli vaqtincha yopildi
Oʻzbekiston
02.07.2025, 16:13

Putin tashrifi munosabati bilan Toshkentdagi bir qancha taʼlim muassasalarida imtihonlar boshqa sanaga koʻchirildi
Oʻzbekiston
27.05.2024, 10:09

Toshkent shahrida uy-joy ijarasi narxlari arzonligi boʻyicha Sergeli va Uchtepa tumanlari yetakchi
Oʻzbekiston
20.05.2024, 16:21
Mashhur yangiliklar

Oʻzbekistonliklarni bortga chiqarmay kamsitgan WizzAir haqida kanadalik xonanda qoʻshiq kuyladi
Oʻzbekiston
22.10.2025, 12:24

Mubashshir Ahmad 2 yil 6 oyga qamaldi
Oʻzbekiston
08.10.2025, 17:56

Oʻzbekistonda raqamlashtirish tufayli vazirlik va idoralarida 2000 dan ortiq shtat birligi qisqartiriladi
Siyosat
08.10.2025, 12:00

Fargʻonada IIB xodimlari maktab direktorini kaltaklab, yolgʻon guvohlik berishga majburladi
Oʻzbekiston
06.10.2025, 12:59

Tayvandagi aeroport eng samimiy aeroport deb topildi
Jahon
06.10.2025, 16:40

Toshkentda yerusti metro bekatlarining qayta ochilishi 1 noyabrgacha kechiktirildi
Oʻzbekiston
13.10.2025, 14:46
So‘nggi yangiliklar

Isitish mavsumida tabiiy gaz isteʼmoli boʻyicha baʼzaviy meʼyor 5 barobarga oshiriladi
Oʻzbekiston
30.10.2025, 17:05

Angrenda qaynonasi va erini oʻldirgan ayol 12 yilga qamaldi
Oʻzbekiston
30.10.2025, 14:21

Yangi aeroport qurilishi uchun aholi uylari buziladimi?
Oʻzbekiston
30.10.2025, 12:33

Prezidentning tegishli farmonlari bilan tayinlovlar amalga oshirildi
Oʻzbekiston
30.10.2025, 10:51

Quruq vaʼda: 1 yildan buyon gazlashtirilmagan xonadonlarga imtiyoz berish tartibi ishlab chiqilmayapti
Oʻzbekiston
30.10.2025, 08:19

Yangi versiyadagi Cobalt uchun onlayn kontraktatsiya 3 noyabr kuni ochiladi
Iqtisodiyot
29.10.2025, 15:47

III Osiyo yoshlar oʻyinlari: oʻzbekistonliklar yana 13 ta medalni qoʻlga kiritdi
Sport
29.10.2025, 15:10

Oʻzbekistonda nafaqa pullarini kreditga yechib olish taqiqlanadi
Oʻzbekiston
29.10.2025, 15:05

Isitish tizimi qachon yoqiladi va harorat qanday boʻlishi kerak?
Oʻzbekiston
29.10.2025, 14:57

Yashnobodda ijaraga olingan uyda narkolaboratoriya aniqlandi
Oʻzbekiston
29.10.2025, 14:51

Milliy sertifikat imtihoni javoblari sotilgani rostmi?
Oʻzbekiston
29.10.2025, 14:47

«Neftchi» haqidagi bayonoti uchun Berdiyevga nisbatan tekshiruv boshlandi
Sport
29.10.2025, 12:36
Mashhur yangiliklar

Oʻzbekistonliklarni bortga chiqarmay kamsitgan WizzAir haqida kanadalik xonanda qoʻshiq kuyladi
Oʻzbekiston
22.10.2025, 12:24

Mubashshir Ahmad 2 yil 6 oyga qamaldi
Oʻzbekiston
08.10.2025, 17:56

Oʻzbekistonda raqamlashtirish tufayli vazirlik va idoralarida 2000 dan ortiq shtat birligi qisqartiriladi
Siyosat
08.10.2025, 12:00

Fargʻonada IIB xodimlari maktab direktorini kaltaklab, yolgʻon guvohlik berishga majburladi
Oʻzbekiston
06.10.2025, 12:59

Tayvandagi aeroport eng samimiy aeroport deb topildi
Jahon
06.10.2025, 16:40

Toshkentda yerusti metro bekatlarining qayta ochilishi 1 noyabrgacha kechiktirildi
Oʻzbekiston
13.10.2025, 14:46
