#namangan

Attestatsiya imtihonlarini yechib bergan “bunker” faoliyati fosh etildi

Namangan shahrida pedagoglarning attestatsiya jarayoniga masofadan turib noqonuniy aralashish uchun tashkil qilingan maxfiy “bunker” aniqlanib, uning faoliyati toʻxtatildi. "Bunker” sifatida foydalanilgan xonadon koʻzdan kechirilganda test savollarini yechishda jalb etilgan 12 nafar pedagog aniqlangan. Shuningdek, bir necha noutbuk, 30 dona turli eshitish moslamalari, yashirin kameralar, 8 ta Wi-Fi router va boshqa jihozlar ashyovi dalil sifatida olindi.

Oʻzbekiston

21.11.2025, 07:52

"Pikovit" - Pivovit nomi bilan chiqarilgan. Namanganda qalbaki dori vositalari fosh etildi

Maʼlum boʻlishicha, korxona faqat biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqarish ruxsatnomasiga ega boʻlganiga qaramasdan, sanitariya talablariga javob bermaydigan joyda qalbaki dori vositalari ham tayyorlab kelgan. Jumladan, «Pikovit» – Pivovit, «Kanefron» – Kanaseron, «Espumizan» – Espumetik, «Nistatin» – Nestitam koʻrinishida ishlab chiqarilgan.

Siyosat

01.11.2025, 11:31

Chet eldan olib kelingan dorilar tarkibida xavfli moddalar aniqlandi

Namangan viloyati bojxona boshqarmasining “Uchqoʻrgʻon” chegara bojxona posti orqali boshqa nom ostida xavfli moddalar olib oʻtilishining oldi olindi.

Oʻzbekiston

27.09.2025, 10:01

Namanganda tikilgan kiyimlar jahon bozorlarida sotilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi “Iftixor kiyim sanoat” klasterining yangi korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Iqtisodiyot

18.09.2025, 10:46

1 mlrd. soʻmlik tilla buyumni bojxona nazoratisiz olib oʻtmoqchi boʻlgan jinoyatchilarga hukm oʻqildi

2023-yilning 24-iyul kuni “Namangan–Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan “Kobalt” rusumli avtomashina “Namangan” YPX maskanida toʻxtatilib, koʻzdan kechirilgan. Natijada, unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Namangan shahrida yashovchi, K.N.ning yonida 1 dona yarim tayyor zanjir holatidagi tilla taqinchoq borligi maʼlum boʻldi.  

Oʻzbekiston

09.03.2024, 14:56