Rossiyaning Xanti-Mansi muxtor okrugi (XMAO) Dumasi deputati Xalid Tagi-Zade tomonidan aytilgan "oʻzbeklarning tarixiy vatani XMAO" degan bayonot Rossiya kommunistlari tomonidan qattiq tanqid qilindi. Bu fikr Kompartiya Markaziy Qoʻmitasi (KPRF) rahbariyati tomonidan mutlaqo rad etildi va siyosiy masʼuliyatsizlik deb baholandi.