Rossiyalik deputat "Sibir oʻzbeklar tarixiy vatani" degan gaplari uchun keskin tanqidga uchrad
Rossiyaning Xanti-Mansi muxtor okrugi (XMAO) Dumasi deputati Xalid Tagi-Zade tomonidan aytilgan "oʻzbeklarning tarixiy vatani XMAO" degan bayonot Rossiya kommunistlari tomonidan qattiq tanqid qilindi. Bu fikr Kompartiya Markaziy Qoʻmitasi (KPRF) rahbariyati tomonidan mutlaqo rad etildi va siyosiy masʼuliyatsizlik deb baholandi.
Jahon
03.06.2025, 12:40
Ulashish:

KPRF Markaziy Qoʻmitasi rais oʻrinbosari Yuriy Afoninning URA.RU axborot agentligiga bildirishicha, Tagi-Zade partiya saflaridan allaqachon haydalgan va partiyaning hozirgi siyosiy yoʻnalishiga hech qanday aloqasi yoʻq.
"U partiya intizomi va etikasi buzilgani uchun bir necha yil oldin KPRFdan chiqarilgan. Biz endi uni hech qachon nomzod sifatida koʻrsatmaymiz. Uning bu fikrlari partiyaning pozitsiyasiga mos kelmaydi va bu shaxsiy nuqtai nazar", — dedi Yuriy Afonin jurnalistlar bilan suhbatda.
Shuningdek, Davlat Dumasi deputati, KPRF aʼzosi Mixail Matveyev ham Tagi-Zade bayonotiga keskin munosabat bildirdi:
"Bu provokator KPRFdan chiqarilgan va partiyamizga aloqasi yoʻq. Uning bemaʼni gaplari partiyamiz pozitsiyasini ifodalamaydi. U bunday gaplarni shunchaki aytgan emas – bu aslida Rossiyaga qarshi hujum. Bu mahalliy aholining tugʻilish darajasi va oʻlim koʻrsatkichi muhokama qilinayotgan paytda aytilgan. Yaʼni u migrantlar orqali tub aholining oʻrnini bosish gʻoyasini ilgari surmoqda. Oʻzbeklarning ushbu hududda ʼtarixiy huquqlariʼ bor degan iddaosi esa, koʻp hollarda maxsus tayyorlangan metodikaga oʻxshaydi. FSB bunga eʼtibor qaratishi lozim – bu yashirin separatizm belgisidir", — deb yozdi Matveyev oʻzining Telegram-kanalida.
Avvalroq, Chelyabinsk viloyatidan Davlat Dumasi deputati Stanislav Naumov ham Tagi-Zadeni tanqid qilgan edi. U deputatning "oʻzbek migrantlari XMAOga tarixiy vatani sifatida qaytishi mumkin" degan soʻzlarini parlamentdan chetlatish uchun asos boʻlishi kerak, deb hisoblaydi.
Eslatib oʻtamiz, Tagi-Zade ushbu fikrlarini XMAO Dumasi yigʻilishida bayon etgan. U oʻz chiqishida Sibir xoni Quchum va Shayboniylar sulolasiga murojaat qilib, XMAO hududini oʻzbeklarning tarixiy yurti deb atagan. Bu esa hamkasblari va jamoatchilik orasida keskin norozilikka sabab boʻldi.
Jahon
03.06.2025, 12:40
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Minglab oʻzbekistonliklar Yaqin Sharqdan evakuatsiya qilindi
Oʻzbekiston
05.03.2026, 12:56

Oʻzbekistonliklar boʻlgan sayyohlik kateri halokatga uchradi
Oʻzbekiston
13.01.2026, 15:52
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
So‘nggi yangiliklar

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi
Madaniy
17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?
Jahon
16.03.2026, 13:52

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi
Fan-texnologiya
16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi
Madaniy
16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda
Jahon
15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
Jahon
14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
