15 oktabrga oʻtar kechasi Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyati Koʻramm tumanida Pokiston qoʻshinlari bilan Afgʻoniston tomonidagi tuzilmalar oʻrtasida yangi otishmalar kuzatildi. Pokiston davlat OAVlari «afgʻon xizmatlari va TTP (Tehreek-e-Taliban Pakistan) guruhlari provokatsiya uchun oʻt ochdi» deya xabar berdi; Pokiston armiyasi «qatʼiy zarba bilan» javob qaytarganini, bir qator postlar va tanklar zararlanganini bildirdi, deya xabar berdi AP News.