Ukrainada Rossiya armiyasi tomonida ishtirok etgan ikki shimoliy koreyalik harbiy asirga olingach, ular Seul himoyasiga topshirishini soʻragan. Maʼlum boʻlishicha, shimoliy koreyalik harbiylar asirga tushmaslik uchun oʻz joniga qasd qilish, yaralanganlar esa granata bilan oʻzini portlatish buyrugʻini olgan. Eslatib oʻtamiz, Pxenyan 2024 yil davomida Rossiya armiyasini qoʻllab-quvvatlash uchun taxminan 10 ming askar yuborgan.