Shimoliy Koreya askarlari Ukrainada asirga tushdi: ular vataniga qaytishni istamayapti

Ukrainada Rossiya armiyasi tomonida ishtirok etgan ikki shimoliy koreyalik harbiy asirga olingach, ular Seul himoyasiga topshirishini soʻragan. Maʼlum boʻlishicha, shimoliy koreyalik harbiylar asirga tushmaslik uchun oʻz joniga qasd qilish, yaralanganlar esa granata bilan oʻzini portlatish buyrugʻini olgan. Eslatib oʻtamiz, Pxenyan 2024 yil davomida Rossiya armiyasini qoʻllab-quvvatlash uchun taxminan 10 ming askar yuborgan.

Jahon

03.11.2025, 13:58

Ulashish:

Maʼlumotlarga koʻra, ushbu iltimos hujjatli film suratga olish vaqtidagi intervyu chogʻida bildirilgan. Suhbat Janubiy Koreyaning Gyeore-eol Nation United inson huquqlari tashkiloti vakillari ishtirokida oʻtkazilgan. Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, asirlardan biri joriy yilning fevral oyida Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi deputati orqali ham shunday talabni bildirgan.

Ukraina va Gʻarb razvedka xizmatlarining maʼlumotlariga koʻra, Pxenyan 2024 yil davomida Rossiya armiyasini qoʻllab-quvvatlash uchun taxminan 10 ming askar yuborgan. Janubiy Koreya rasmiylari maʼlumot berishicha, shimoliy koreyalik harbiylarga asirga tushmaslik uchun oʻz joniga qasd qilish, yaralanganlar esa granata bilan oʻzini portlatish buyrugʻini berishgan.

Bundan tashqari, Pxenyan Rossiyaga qurol-yarogʻ va harbiy texnika yetkazib berishni ham davom ettirmoqda. Ukraina harbiy razvedkasi rahbari Kirill Budanovning aytishicha, rus armiyasida ishlatilayotgan oʻq-dorilarning taxminan 40 foizi Shimoliy Koreyadan keltiriladi.

Mavzuga oid yangiliklar

Rossiya-Ukraina urushi: yoʻqotishlar, zarar va muzokaralar

Rossiyaning Ukrainaga toʻliq masshtabdagi bosqini boshlanganiga bugun, 24 fevralda toʻrt yil toʻldi.

Jahon

24.02.2026, 14:06

Ukrainaga hamdardlik: Yevropa Ittifoqi va Ukraina elchixonasi “Sariq va Koʻk” koʻrgazmasini taqdim etadi

Oʻzbekiston Respublikasidagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi Ukraina elchixonasi bilan hamkorlikda ukrainalik rassomlarning “Sariq va Koʻk” nomli posterlar koʻrgazmasini Toshkentda taqdim etadi.

Madaniy

20.02.2026, 11:45

Ukrainada 14 yoshdan nikohga ruxsat berilishi mumkin

Ukrainada yangi Fuqarolik kodeksi qabul qilinsa, ayrim holatlarda 14 yoshdan nikohdan oʻtishga ruxsat berilishi mumkin.

Jahon

06.02.2026, 16:00

Ukraina: Belarus Rossiya dronlariga havo hujumidan mudofaani chetlab oʻtishda yordam bermoqda

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Belarus hududi orqali Rossiya dronlarining Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini chetlab oʻtishiga koʻmak berilayotganini maʼlum qildi.

Jahon

27.12.2025, 16:39

Oy borib omon qaytmayotgan oʻgʻlonlar...

Yaqinda Ukrainaning “Xochu jit” – “Yashashni xohlayman” loyihasi 2025 yilda Ukrainadagi urushda Rossiya tomonidan jang qilib halok boʻlgan qariyb besh yuz nafar oʻzbekistonlikning ism-shariflarini eʼlon qildi. Begona urushda qurbon boʻlgan oʻzbeklarning aksariyati hali uylanmagan boʻz yigitlar... Afsuski, bu xabar lov etib yongan olovdek bir koʻrindiyu tezda unut boʻldi... Ammo bu besh yuz oilaning motami hali uzoq davom etadi.

Oʻzbekiston

17.11.2025, 17:41

Ukrainada elita jangchilari taqdirlash marosimida halok boʻldi

Rossiya 1 noyabr kuni Ukrainada elita harbiylarini taqdirlash marosimi paytida raketa uchirgan. Natijada bir necha ukrainalik askar halok boʻlgan va yaralangan.  Bundan tashqari, toʻrt nafar tinch aholi, jumladan 11 va 14 yoshli bolalar ham vafot etgan, yana olti kishi yaralangan. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.

Jahon

06.11.2025, 15:28

So‘nggi yangiliklar

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi

AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi yuqori martabali razvedka mulozimi – Terrorizmga qarshi kurash boʻyicha milliy markaz direktori Jo Kent Oq uyning Eronga qarshi urushiga norozilik bildirib,  isteʼfo berdi.

Jahon

18.03.2026, 14:17