Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari fuqarolarning tinchligi va dam olishini buzish taqiqlangan vaqtni amaldagi yetti soatdan (soat 23:00 dan 6:00 gacha) sakkiz soatga (soat 23:00 dan 7:00 gacha) uzaytirish, bu vaqt davomida meʼyordan ortiq shovqin uchun tovon undirish imkonini koʻzda tutilgan qonun loyihasini qabul qilib, Senatga yubordi.