Yangi Toshkent shahrida barpo etiladigan zamonaviy futbol stadioni qurilishiga tamal toshi qoʻyildi. Stadion loyihasi qiymati 100 million dollarni tashkil etadi. Inshoot zamonaviy meʼmorchilik va milliy qadriyatlar uygʻunligida, “yashil energiya”, “aqlli boshqaruv” va “qulay muhit” tamoyillari asosida barpo etiladi.