2025 yil 1 yanvardan boshlab tuman(shahar) hokimlari belgilangan vazirlik va idoralarning tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlarini tayinlay oladi. Bu haqda joriy yilning 20 dekabr kuni qabul qilingan "Hududlarda yuqori iqtisodiy oʻsish va aholi bandligini taʼminlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident farmonida maʼlum qilindi.