Prezident tomonidan hokimlarga yangi vakolatlar berildi

2025 yil 1 yanvardan boshlab tuman(shahar) hokimlari belgilangan vazirlik va idoralarning tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlarini tayinlay oladi. Bu haqda joriy yilning 20 dekabr kuni qabul qilingan "Hududlarda yuqori iqtisodiy oʻsish va aholi bandligini taʼminlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident farmonida maʼlum qilindi.

Ulashish:

Prezident tomonidan hokimlarga yangi vakolatlar berildi

Prezident tomonidan hokimlarga yangi vakolatlar berildi

Farmonga koʻra, hokimliklarga quyidagi vakolatlar beriladi. 

2025 yil 1 martdan hududi 10 ming metr kvadratdan, baholangan qiymati 5 ming BHMdan oshmagan hamda 6 oy davomida sotilmagan mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli koʻchmas mulk obʼektlarini 2 yil ichida yangi loyihani ishga tushirish va ish oʻrinlari yaratish sharti bilan:

— Tadbirkorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri 10 yil muddatga ijaraga berish hamda davlat mulki uchun 4 yil davomida uzluksiz ijara toʻlovlarini amalga oshirgan va ijara shartnomasi shartlarini bajargan tadbirkorga xususiylashtirish yoki baholangan qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri sotish;

— Xalqaro tan olingan xorijiy til va malaka sertifikatlarini olishga oʻqitadigan mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar yoki tashkilotlarga dastlabki birinchi yili ijara toʻlovi undirmasdan 5 yil muddatga keyinchalik uning muddatini uzaytirish sharti bilan ijaraga berish. 

Tuman (shahar)lar hokimliklariga esa quyidagi yoʻnalishlarda maʼmuriy vakolatlar beriladi: 

— Davlat boshqaruvi organlari va tadbirkorlar oʻrtasida "doimiy aloqa" tizimini yaratish maqsadida tuman (shahar)larda Tadbirkorlar jamoatchilik kengashini tuzish;

— 2025 yil 1 yanvardan belgilangan vazirlik va idoralarning tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlarini masʼul vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish, shuningdek, tegishli masʼullarga ragʻbatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;

— 2025 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvargacha belgilangan roʻyxat boʻyicha tuman (shahar)larda huquqiy eksperiment tariqasida tuman (shahar) hokimligi faoliyatini "Aholi va tadbirkorlar manfaatlariga xizmat qilish" yangicha yondashuvi asosida tashkil etish.

Oʻzbekiston

23.12.2024, 11:11

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Qozogʻistonda samolyot qulab tushdi

Qozogʻistonda samolyot qulab tushdi

Bugun, 25 dekabr kuni Qozogʻistonning Mangistau viloyati Aktau shahri yaqinida Ozarbayjon aviakompaniyasining yoʻlovchi tashuvchi samolyoti qulab tushdi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayangan holda "Nur.kz" nashri xabar berdi.

Jahon

25.12.2024, 15:41

Serbiyada 29 mingga yaqin odam hukumatga qarshi namoyishga chiqdi

Serbiyada 29 mingga yaqin odam hukumatga qarshi namoyishga chiqdi

Joriy yilning 22 dekabr kuni Serbiya poytaxti Belgrad shahri koʻchalarida 29 mingga yaqin odam namoyishga chiqdi. Bu haqda "Le Monde" nashri maʼlum qildi. 

Jahon

23.12.2024, 14:19

Bolalarda Laron sindromining borligini qayday bilish mumkin?

Bolalarda Laron sindromining borligini qayday bilish mumkin?

Bolalarda boʻy oʻsmasligi (oʻsishning kechikishi) turli sabablarga, jumladan, genetik, tibbiy, ovqatlanish yoki atrof-muhit bilan bogʻliq. Agar ota-onaning boʻylari qisqa boʻlsa, bola ham qisqa boʻyli boʻlish ehtimoli yuqori. Ammo shunday genetik kasalliklar borki, ota-onaning boʻyi baland boʻlishiga qaramay, bolaning boʻyi past boʻlishi ham mumkin. Shulardan biri Laron sindromi hisoblanadi.

Fan-texnologiya

23.12.2024, 13:51

"Biznesni rivojlantirish banki" jarima toʻlaydigan boʻldi

"Biznesni rivojlantirish banki" jarima toʻlaydigan boʻldi

"Biznesni rivojlantirish banki" reklama qonunchiligini buzganligi sababli jarimaga torttirildi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi axborot xizmati maʼlum qildi.

Oʻzbekiston

23.12.2024, 13:09

Oʻzbekistonda olib kirilgan mandarinlarda zararkunanda borligi aniqlandi

Oʻzbekistonda olib kirilgan mandarinlarda zararkunanda borligi aniqlandi

Bir necha kun avval "Ayrtom" chegara oʻtkazish punkti orqali 26 ta transport birligida Pokiston davlatidan olib kirilgan mandarin partiyasida karantinosti zararkunanda borligi maʼlum boʻldi. Bu haqda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

23.12.2024, 12:02

Ertaga oʻzbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

Ertaga oʻzbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

Ertaga, 24 dekabr kuni Oʻzbekiston boʻylab havo iroz bulutli, ammo yogʻingarchiliksiz oʻtadi. Harorat kechasi 2-10 daraja oraligʻida sovuq, kunduz kuni esa 2-13 daraja oraligʻida iliq boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda "Oʻzgidromet" axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

23.12.2024, 11:30

Toʻrt yildan beri qidiruvda boʻlgan ayol Turkiyadan topildi

Toʻrt yildan beri qidiruvda boʻlgan ayol Turkiyadan topildi

Oʻgʻrilik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, toʻrt yildan buyon qidiruvda boʻlgan oʻzbekistonlik ayol Turkiyadan Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda Istanbuldagi Bosh konsulxona axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

23.12.2024, 10:21

Sovuq kunlarda qanday ovqatlanish kerak?

Sovuq kunlarda qanday ovqatlanish kerak?

Oʻzbekistonga qish mavsumi kirib kelishi bilan havo harorati sezilarli darajada pasaydi. Bunday sharoitda tetik va sogʻlom yurish uchun ovqatlanish ratsioniga alohida eʼtibor qaratish lozim. Xoʻsh, sovuq kunlarda qanday ovqatlanish kerak? Mazkur savolga Tibbiyot fanlari doktori Ilhom Otajonov Sogʻliqni saqlash vazirligiga bergan intervyusida javob berdi. 

Fan-texnologiya

17.12.2024, 10:53

Қирғизистон Президенти Озодбек Назарбековни унвон билан сийлади

Qirgʻiziston Prezidenti Ozodbek Nazarbekovni unvon bilan siyladi

Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Oʻzbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga "Qirgʻiziston xalq artristi" unvonini berdi. Bu haqda "Vesti.kg" nashri xabar qildi.

Oʻzbekiston

13.12.2024, 16:53

Energetika vazirining xatti-harakatini energotsenzuraga urinish deb qabul qildim — Otabek Bakirov

Energetika vazirining xatti-harakatini energotsenzuraga urinish deb qabul qildim — Otabek Bakirov

Oʻzbekiston energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov iqtisodchi Otabek Bakirovning ustidan prokuratura va ichki ishlar organlariga shikoyat qildi. Bu haqda iqtisodchi oʻzining Telegram-kanalida xabar berdi. 

Oʻzbekiston

13.12.2024, 16:06

Joriy hafta qanday ob-havo bilan yakunlanadi?

Joriy hafta qanday ob-havo bilan yakunlanadi?

Joriy haftaning soʻngi kunlari, 13-15 dekabr kunlari Oʻzbekiston boʻylab sovuq havo massalari saqlanib qolinadi. Kechalari havo harorati 13 darajagacha sovuq boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda "Oʻzgidromet" axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

13.12.2024, 11:05