2025 yilning yanvar–oktabr oylarida 26,4 ming nafar oʻzbekistonlik oʻqish maqsadida xorijga chiqqan. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 6,1 ming nafarga yoki 18,9 foizga kam. Bu pasayish taʼlim xarajatlari oshib borishi, vizaviy talablar murakkablashishi va mamlakat ichida xalqaro taʼlim dasturlari koʻpayishi bilan bogʻliq.