Poytaxtda «Fayzobod GAI» nomi bilan tanilgan Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlimi zamonaviy diagnostika markaziga aylantirildi. Markazda nafaqat mashinalarga davlat raqami va «texpasport» beriladi, balki avtomobildan ekologiyaga chiqayotgan zararli moddalar miqdori ham tekshirilib, maxsus stikerlar taqdim etiladi. Bu haqida Kun.uz maʼlumot bermoqda.