Endi avtomobillar «qizil», «sariq», «yashil» stikerlar orqali ekologik toifalarga ajratiladi
Poytaxtda «Fayzobod GAI» nomi bilan tanilgan Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlimi zamonaviy diagnostika markaziga aylantirildi. Markazda nafaqat mashinalarga davlat raqami va «texpasport» beriladi, balki avtomobildan ekologiyaga chiqayotgan zararli moddalar miqdori ham tekshirilib, maxsus stikerlar taqdim etiladi. Bu haqida Kun.uz maʼlumot bermoqda.
Oʻzbekiston
09.03.2024, 12:27
Ulashish:

Xabarda aytilishicha, Toshkent shahri Mirobod tumani «Fayziobod» mahallasida joylashgan Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlimi zamonaviy diagnostika markaziga aylantirildi.
Markazda davlat raqam belgisi va texpasport berish jarayoni ancha soddalashtirilgan. Ilgar bu jarayonlar uchun 2-3 soat ketgan boʻlsa, hozirda bu ishlar uchun taxminan 15 daqiqa yetadi.
Markazda nafaqat mashinalarga davlat raqami va «texpasport» beriladi, balki endilikda avtomobildan ekologiyaga chiqayotgan zararli moddalar miqdori ham tekshiriladi.
Ekologik tekshiruv natijasidan kelib chiqib «qizil» (juda yomon), «sariq» (oʻrtacha) yoki «yashil» (ekologik toza) yorliq (stiker) mashinaning old oynasiga yopishtiriladi.
Aytilishicha, hozirgi ekologik vaziyatdan kelib chiqib, Toshkent shahar hududi bir nechta ekologik zonalarga ajratilishi kutilmoqda. Yaʼni transport vositalarining havoga chiqarayotgan zararli moddalari darajasiga koʻra (stiker rangiga qarab) ayrim ekologik zonalarga kirishi cheklanadi.
Agar bu zonalarga qizil yoki sariq stikerli mashinalar kirsa nima boʻladi?
Tartibga amal qilish avtomatlashtirilgan kameralar orqali nazorat qilinadi va qoidani buzganlarga jarima yoziladi. Tushgan jarimalar esa oʻsha hududning ekologik holatini yaxshilashga sarflanadi.
Markaz faoliyatini tashkil etishda Germaniya, Belgiya, Fransiya kabi rivojlangan mamlakatlar shaharlarining ekologik muhitini muhofaza qilish sohasidagi ilgʻor tajriba inobatga olingan.
Kelgusida respublika boʻylab 84 ta roʻyxatga olish-diagnostika markazlarini hamda YHXXning 216 ta hududiy tuman boʻlinmalarini mashinalarni ekologik diagnostika qiladigan zamonaviy uskunalar bilan jihozlash rejalashtirilmoqda, deyiladi xabarda.
Oʻzbekiston
09.03.2024, 12:27
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Ekologik stikerni onlayn tartibda rasmiylashtirish mumkin
Oʻzbekiston
09.01.2026, 08:24

«Ekostiker» tizimi: 2026 yildan jarimalar qoʻllanilmaydi
Oʻzbekiston
26.12.2025, 10:13

Ekostiker talabini buzgan haydovchilar qachon jarimaga tortiladi?
Oʻzbekiston
23.12.2025, 15:40

Eko-stikerlar uchun qancha miqdorda toʻlov qilinadi?
Oʻzbekiston
20.12.2025, 10:22

Oʻzbekistonda eko-stiker tizimi qachondan amal qiladi?
Oʻzbekiston
05.12.2025, 17:01
Mashhur yangiliklar

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Jurnalistlar va fuqarolik jamiyati vakillariga eʼtirof — Paradigma Media 8 nafar faolni eʼtirof etdi
Madaniy
02.02.2026, 19:18

Rossiya TIV “shaxsiy fikr” ortiga yashirinib, navbatdagi bahsli bayonotlarga javob berdi
Siyosat
19.01.2026, 18:06

Xalqaro huquqqa ham, xalqaro tartibga ham tupurdik - Vladimir Solovyov nima demoqchi?
Siyosat
13.01.2026, 09:49

«Nigilist pingvin»: isyon ramzimi yoki shunchaki trend?
Madaniy
28.01.2026, 17:49

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52
So‘nggi yangiliklar

«Paradigma»da eʼtirof: fidoyi jurnalistlar va faollar taqdirlandi
Madaniy
09.02.2026, 18:28

Oʻzbekiston boksi jahon yetakchilari safida
Sport
09.02.2026, 16:18

Abdusattorov va Sindarov bir yilda 700 ming dollardan ortiq mukofot puli ishlab topdi
Sport
09.02.2026, 15:30

Retro-avtomobil egalari konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishmoqda
Oʻzbekiston
09.02.2026, 13:57

Epshteyn ishi bilan bogʻliq mojarolar: Britaniya va Norvegiyada yuqori lavozimli amaldorlar isteʼfoga chiqdi
Jahon
09.02.2026, 11:20

Alisher Navoiy endi faqat qogʻozda emas — shoir ijodi raqamlashtirilmoqda
Madaniy
09.02.2026, 10:32

Oʻzbekiston taʼlimida yangi davr: 12 yillik uzluksiz tizim va “Yangi avlod” maktablari
Ta'lim
09.02.2026, 09:58

Sunʼiy intellekt dunyo maktablariga ommaviy kirib kelmoqda
Fan-texnologiya
08.02.2026, 07:47

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00

Yoʻl harakati qoidalari buzilganlik uchun jarimalar yengillashdi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 12:28

Epshteynga oid hujjatlar internetdan olib tashlandi
Jahon
06.02.2026, 17:04

Ukrainada 14 yoshdan nikohga ruxsat berilishi mumkin
Jahon
06.02.2026, 16:00
Mashhur yangiliklar

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Jurnalistlar va fuqarolik jamiyati vakillariga eʼtirof — Paradigma Media 8 nafar faolni eʼtirof etdi
Madaniy
02.02.2026, 19:18

Rossiya TIV “shaxsiy fikr” ortiga yashirinib, navbatdagi bahsli bayonotlarga javob berdi
Siyosat
19.01.2026, 18:06

Xalqaro huquqqa ham, xalqaro tartibga ham tupurdik - Vladimir Solovyov nima demoqchi?
Siyosat
13.01.2026, 09:49

«Nigilist pingvin»: isyon ramzimi yoki shunchaki trend?
Madaniy
28.01.2026, 17:49

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52
