updated: 22.03.2026, 19:24

28 fevral kuni noyob astronomik hodisaga guvoh boʻlamiz

28 fevral kuni Quyosh ufqqa botgandan soʻng osmonda noyob manzara — 6 ta sayyora ishtirokidagi sayyoralar paradini kuzatish mumkin boʻladi. Ushbu hodisa 18-20 yilda bir marta sodir boʻladi. 

Ulashish:

28 fevral kuni noyob astronomik hodisaga guvoh boʻlamiz

Bu haqda Fanlar akademiyasi maʼlum qildi. Sayyoralar paradi bu noyob astronomik hodisalardan biri boʻlib, bunda 2 va undan ortiq sayyoralar bir toʻgʻri chiziqda yoki bir-biriga yaqin burchak masofada joylashadi. Sayyoralar paradini ikki guruhga boʻlish mumkin. 

Birinchi guruh kichik sayyoralar paradi deb ataladi va unda 4 tagacha sayyoralar qatnashadi. Kichik sayyoralar paradi bir yilda bir marta sodir boʻlishi mumkin.

Ikkinchi guruh esa katta sayyoralar paradi deb ataladi, bunda 5 ta yoki undan ortiq sayyoralar bir-biriga yaqin burchak masofaga kelishadi.

Ushbu hodisa 18-20 yilda bir marta sodir boʻladi. Unda Merkuriy, Venera, Neptun, Saturn, Uran va Yupiter sayyoralari ishtirok etadi.

Bundan tashqari Quyosh tizimidagi 8 ta sayyora ishtirokidagi parad ham boʻlishi mumkin, bu noyob astronomik hodisa 170 yilda bir marta sodir boʻladi.

Ushbu sayyoralar paradida sayyoralar osmon sohasining chorak qismini egallaydi va paradda ishtirok etadigan sayyoralarni osmonning janubiy-gʻarbiy qismidan topishingiz mumkin.

Paradda ishtirok etadigan sayyorlardan faqat 4 tasini oddiy koʻz bilan koʻrish mumkin, xolos. Bular –Merkuriy, Venera, Saturn va Yupiter.

Neptun va Uran sayyoralari esa juda xira boʻlganligi sababli ularni koʻrish uchun maxsus optik uskunalar (teleskop yoki binokl) kerak boʻladi.

Merkuriy va Venera Quyoshga juda yaqin boʻlganligi sababli ular parad vaqtida ufqqa juda yaqin boʻladi, bu esa ularni osmonda koʻrish imkoniyatini kamaytiradi.

Sayyoralar paradi vaqtida sayyoralarning Yer va Quyoshga nisbatan Quyosh tizimidagi vaziyati quyidagi rasmda keltirilgan.

Rasmda Mars sayyorasi Yerdan qaralganda Quyoshdan avval ufqqa botib ketishini tushunish qiyin emas. Shu sababli Mars sayyorasi bu safar paradda ishtirok etmaydi.

Ayrim insonlar bu kabi astronomik hodisalarni yoki boshqa osmon jismlarini inson taqdiri va kelajagi bilan bogʻlashga, turli farazlarga asoslanib bashoratlar qilishga urinadilar. Biroq ilmiy nuqtai nazardan qaraganda, har qanday astronomik hodisa, jumladan, sayyoralar paradi ham inson hayoti, taqdiri yoki kelajagiga hech qanday taʼsir koʻrsatmaydi va ular bilan bogʻliq emas. 

Shu sababli sayyoralar paradini turli taxmin va xurofotlarga bogʻlamasdan, uni ilmiy jihatdan anglab, osmon goʻzalligidan zavq olib kuzatish maqsadga muvofiq.

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45