Allamjonovga suiqasd qilinganiga bir oy boʻldi. Nimalar maʼlum?
Joriy yilning 26 oktabr sanasida Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti sobiq rahbari Komil Allamjonovga qurolli hujum uyushtirilgan edi. Ushbu voqeaga ham bugun bir oy toʻldi. Ammo hali-hanuz muhokamalar toʻxtagani yoʻq. Holatni har kim oʻzicha talqin qilish bilan ovora. Xoʻsh, bugungacha Allamjonov ishi yuzasidan nimalar maʼlum? Kimlar qamaldiyu, kimlar qidirilmoqda?
Oʻzbekiston
26.11.2024, 10:32
Ulashish:

Allamjonovga suiqasd qilinganiga bir oy boʻldi. Nimalar maʼlum?
Joriy yilning 26 oktabr sanasida Bosh prokuratura Toshkent viloyati Qibray tumanida fuqaro S.S. boshqaruvidagi "Range Rover" rusumli avtomashinaga qarata ikki nafar nomaʼlum shaxs oʻqotar quroldan bir necha marotaba oʻq uzib, qasddan odam oʻldirishga harakat qilib, nomaʼlum tomonga yashiringanini maʼlum qildi.
Soʻng mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 97-(Qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilish) hamda 248-(Oʻqotar qurolning, oʻq-dorilarning, oʻqotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
27-oktabr kuni esa oʻtkazilgan tergov va tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarning bir nafari aniqlanib, gumonlanuvchi tariqasida ushlandi. Aynan shu vaqt orasida ijtimoiy tarmoq faollari Allamjonovga qilingan suiqasdni turlicha talqin qilishni boshladi. Xususan, jurnalist Anora Sodiqova Allamjonovga qilingan suiqasd feyk emas ekanligini bildirib, qattiq xavotirda ekanligini yozdi.
"Demak, Allamjonovga qilingan suiqasd feyk emas, rost. Qattiq xavotirdamiz. Rasmiy bayonot eʼlon qilindi. Unda bu tasdiqlandi", deb yozadi jurnalist.
"Gazeta.uz" bosh muharriri Muhrim Agzamkhodjayev esa "Gazeta.uz" nashrida eʼlon qilingan xabarni Telegram’dagi sahifasida ulashib, Allamjonovga suiqasd uyushtirilganini tasdiqlagan.
"Dasturimizni yana Qibray yangiliklari bilan davom ettiramiz", deya kanaliga rasm joylagan u.
Shu kabi xabar tarmoqlarda aylangandan keyin Bosh prokuratura OAV vakillariga ogohlantirish bilan chiqdi.
"Soʻnggi kunlarda Bosh prokuratura tomonidan tergov qilinayotgan jinoyat ishi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali tasdiqlanmagan va asossiz, shuningdek, ishonchli rasmiy manbalarga tayanilmagan maʼlumotlar keng tarqatilmoqda. Holbuki, holat yuzasidan tegishli idoralarning malakali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tuzilib, tergov harakatlari davom etayotgani haqida xabar berilgan. Tafsilotlar haqida qoʻshimcha ravishda xabar beriladi" deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, prokuratura faol va katta auditoriyaga ega blogerlar, ijtimoiy tarmoqlardagi guruh va kanallar maʼmurlariga xuddi davlat organlaridan talab etilgani kabi sohaga oid amaldagi qonunchilik meʼyorlariga rioya etishlari shart ekanligini unutmasligini aytgan.
"Jamoatchilik orasida turli notoʻgʻri talqin va taxminlar tarqalishining oldini olish maqsadida, ommaviy axborot vositalaridan prokuratura organlari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor yoki tergov tadbirlarini yoritishda faqat Bosh prokuratura matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan rasmiy maʼlumotlarga tayanish va havola keltirishni qatʼiy soʻrab qolamiz. Aholi orasida yolgʻon, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan va vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni har qanday shaklda tarqatish uchun jinoiy javobgarlik bor", deya qoʻshimcha qilgan Bosh prokuratura ogohlantirishida.
Joriy yilning 28 oktabr kuni Bosh prokuratura tomonidan oʻtkazilgan tergov va tezkor qidiruv tadbirlari davomida Allamjonov ishi boʻyicha yana uch nafar gumonlanuvchi aniqlanib, ushlangani maʼlum qilindi.
Keyin xorijiy nashrlar mazkur suiqasdda Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning aloqasi borliligini yozishdi. Qodirov esa buni inkor qilib oʻzining Telegram’dagi sahifasida post yozdi. Postda u yuqoridagi gaplarni "siyosiy oʻyin" hamda "oʻzbeklar va chechenlar oʻrtasida nizo keltirib chiqarishga qaratilgan harakat", deya baholadi.
"Oʻzbekistonda bir necha hafta oldin Prezident administratsiyasining sobiq xodimi boʻlgan mashinaga qarata oʻq uzilgan edi. Hech kim jabrlanmadi. Gumonlanuvchilardan biri allaqachon hibsga olingan, tergov barcha ishtirokchilarni va suiqasd sabablarini aniqlashi kerak. Biroq, natijalarni kutmasdan, gʻarbparast va baʼzi muxolifat nashrlar "chechen izi" haqidagi versiyani oʻrtaga tashladi, keyin bu izni butunlay menga bogʻlashdi", deb yozgan Qodirov.
Shuningdek, Checheniston yetakchisi bu "provokatsiya"ga javob bermasligini taʼkidlagan.
"Men bu provokatsion narsalarga javob bermayman. Qolaversa, Oʻzbekistonda Shavkat Mirziyoyevning oqilona siyosati tufayli barcha sohalar, jumladan, axborot va huquq-tartibot tizimidagi ishlar aʼlo darajada. Qoʻshimcha qilamanki, agar men haqiqatan ham biror narsani rejalashtiradigan boʻlsam, bu ishni 100 foiz natija bilan oxiriga yetkazaman", deya qoʻshimcha qilgan Qodirov.
Bundan tashqari, Ramzan Qodirov bu xabarlarni siyosiy oʻyin va oʻzbeklar bilan chechenlar oʻrtasida nizo keltirib chiqarishga qaratilgan harakat sifatida baholagan.
"Chechenlar va oʻzbeklar tarixiy oʻtmishi umumiy boʻlgan qardosh xalqlardir. Bizning umumiy jihatlarimiz juda koʻp. Shaxsan men uchun Oʻzbekiston – oʻzbek xalqini, uning odob-axloqini sevgan aziz otam Ahmad Hoji hayotining alohida va muhim qismidir. Va men bu maʼlumotlarni uchinchi tomonlarning siyosiy oʻyin quroli va mamlakatlarimiz oʻrtasida nizo keltirib chiqarishga qaratilgan ochiq urinish sifatida baholayman. Ishonchim komilki, Gʻarbning soxta uslubiga boshqa nashrlar ham ergashadi. Qanday boʻlmasin, men va Oʻzbekistondagi aziz birodarlarim bu provokatsion maʼlumotlar ortida kim turganini bilib olamiz. Bu borada ishlar allaqachon boshlangan", deya postni yakunlagan Ramzan Qodirov.
Bosh prokuratura dastlab ikki nafar shaxsni Allamjonov ishi boʻyicha qoʻlga olgandi. Kecha, 25 noyabr kuni Allamjonov ishi boʻyicha gumonlanuvchilar soni yana 5 nafarga ortganini, shulardan ikki nafari qidiruvda ekanligini maʼlum qildi.
"Oʻtkazilgan tergov va tezkor–qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni sodir etishga aloqador boʻlgan jami 7 nafar shaxs aniqlanib, 5 nafariga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanildi, shuningdek 2 nafariga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan edi. Qidiruvda boʻlgan ayblanuvchi K.S.ning Qozogʻiston Respublikasida yashiringan manzili aniqlanib, uning ishtirokida tergov harakatlari olib borildi. Shuningdek, qidiruvda boʻlgan ayblanuvchi Javlon Yunusov Janubiy Koreya Respublikasida qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi", deyiladi prokuratura xabarida.
Ammo oʻqdan omon qolgan Allamjonov yuqoridagi holat yuzasidan hanuzgacha oʻz fikrini bildirgani yoʻq.
Oʻzbekiston
26.11.2024, 10:32
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Egizak minoralar terakti: 25 yillik jinoyat sudi
Jahon
27.08.2026, 13:10

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52

Pokiston shifoxonasida yuzaga kelgan yong'in oqibatida 14 nafar chaqaloq halok bo'ldi
Jahon
26.08.2026, 15:35

Qozog'iston Rossiyaga benzin eksport qiliş̈dan voz keçdi
Iqtisodiyot
27.08.2026, 16:41
So'nggi yangiliklar

G‘azo: Isroilning so‘nggi zarbalari bir oilaning to‘rt a’zosini hayotdan olib ketdi
Jahon
10.09.2026, 16:13

Isroil — Buyuk Britaniya o‘rtasidagi ziddiyat keskinlashdi
Jahon
10.09.2026, 12:31

“Har biringizga $5000 dan beraman” – Trampdan yangi va’da
Siyosat
10.09.2026, 11:57

Dunyoda inflyatsiya yana kuchaymoqda
Iqtisodiyot
10.09.2026, 10:38

AI insoniyatni 2030-yilgacha yo‘q qilishi mumkinmi?
Fan-texnologiya
10.09.2026, 10:30

Ehtiyojmand oila farzandlarini bepul öqitadigan tadbirkorlarga yer 1 mln sömdan auksionga çiqariladi
Oʻzbekiston
10.09.2026, 10:06

Tayvan mojarosi Ikkinchi jahon urushidan ham xavfli – AQSH vakili
Jahon
09.09.2026, 16:48

Adidas Isroildagi reklama kampaniyasi ortidan uzr so‘radi
Jahon
09.09.2026, 16:01

ChatGPT yetti yoshli boladagi insult alomatlarini shifokorlardan oldin aniqladi
Fan-texnologiya
09.09.2026, 09:56

По данным полиции Южной Кореи, в стране проживают 19 граждан Узбекистана, объявленных в международный розыск. Больше всего разыскиваемых — граждане Китая.
Oʻzbekiston
09.09.2026, 09:25

AQSH saylovlarida musulmon nomzodlar mavzusi siyosiy bahs markazi aylandi
Siyosat
08.09.2026, 16:34

Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘lida muhim tunnel qurib bitkazildi
Jahon
08.09.2026, 16:09

Fransiyadagi Renuar muzeyidan 10 million dollarlik asarlar o‘g‘irlab ketildi
Jahon
08.09.2026, 14:59

AQSH muzokarachilari ketishi bilan Rossiya Kiyevga hujum boshladi
Jahon
08.09.2026, 10:07

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi raqamlashtiriladi
Oʻzbekiston
08.09.2026, 09:36

Aholining banklar oldidagi qarzi $20,3 milliardga yaqinlashdi
Iqtisodiyot
07.09.2026, 17:58

Isroil harbiy samolyotlari Livan janubiga hujum uyushtirdi
Jahon
07.09.2026, 16:26

2026-yilda O‘zbekistondan ko‘chib ketganlarning 83 foizi Qozog‘istonga yo‘l olgan
Oʻzbekiston
07.09.2026, 14:31

Tramp Nyu-Meksiko shtatini qayta nomlashni taklif qildi
Jahon
07.09.2026, 11:35

Bugundan ayrim talabalar uchun vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi
Ta'lim
07.09.2026, 10:52
Mashhur yangiliklar

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Egizak minoralar terakti: 25 yillik jinoyat sudi
Jahon
27.08.2026, 13:10

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52

Pokiston shifoxonasida yuzaga kelgan yong'in oqibatida 14 nafar chaqaloq halok bo'ldi
Jahon
26.08.2026, 15:35

Qozog'iston Rossiyaga benzin eksport qiliş̈dan voz keçdi
Iqtisodiyot
27.08.2026, 16:41
