Qöştepa kanali tayyor: Afğoniston suvni qaçon oladi?
Afğoniston tomoni Amudaryo suvini kanalga yaqin vaqtda yönaltirişini aytmoqda. Özbekiston Suv xöjaligi vaziri esa suv oliş 2030 yilgaça boşlanmasligini bildirgan.
Siyosat
26.11.2026, 14:58
Ulashish:

Afğoniston hukumati mamlakat şimolida qurilayotgan Qöştepa kanalining ikkinçi bosqiçi 99 foizga tayyor bölganini ma’lum qildi. Milliy taraqqiyot korporatsiyasi ma’lumotiga köra, Amudaryo suvini kanalga yönaltiriş uçun möljallangan asosiy suv oliş inşootidagi işlar ham yakunlaniş arafasida. Qolgan işlar tugagaç, daryo suvi kanalga yuborilişi rejalaştirilgan. Biroq aniq sana aytilmagan.
Bu haqda 25 noyabr kuni Tolibonga yaqin «Xurriyat» radiosi Milliy taraqqiyot korporatsiyasi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi. Kanal böylab 47 ta köprik va gidrotexnik inşoot qurilişi ham davom etmoqda.
Afğoniston tomonining bayonoti Özbekistonda Qöştepa kanali böyiça bildirilgan sönggi fikrlardan farq qiladi. Suv xöjaligi vaziri Şavkat Hamroyev 19 noyabr kuni jurnalistlar bilan uçraşuvda kanal hali Amudaryodan suv olmayotganini aytgan. Uning ta’kidlaşiça, Afğoniston ham daryo suvidan foydalaniş huquqiga ega, biroq suv oliş hajmi va boşqa şartlar kanal qurilişi tugagaç tomonlar örtasidagi kelişuvlar bilan belgilanadi.
Vazir kanal orqali suv oliş 2030 yilgaça boşlanmasligini bildirgan. U yirik hajmdagi suv oliş keyinroq, hatto 2050 yilgaça keçikişi mumkinligini ham istisno qilmagan.
Hamroyev Afğoniston tomonining dastlabki hisob-kitoblariga köra, suv köp bölgan yillarda kanal orqali taxminan 10 milliard kub metr, suv kam bölgan yillarda esa 6 milliard kub metr suv oliş rejalaştirilayotganini aytgan. Uning ogohlantirişiça, Amudaryodan yiliga 4 milliard kub metrdan ortiq suv olinişi Özbekiston qişloq xöjaligi uçun jiddiy xavf tuğdirişi mumkin.
Qöştepa kanali Afğonistonning Balx, Jözjon va Faryob viloyatlaridagi qişloq xöjaligi yerlarini suğoriş uçun qurilmoqda. Loyihaning umumiy uzunligi taxminan 285 kilometrni taşkil etadi. Quriliş 2022 yilda boşlangan, 108 kilometrlik birinçi bosqiç 2023 yil oktyabrida yakunlangan.
Kanalning ikkinçi bosqiçi 99 foiz tayyorligi haqidagi xabar suv oliş qaçon boşlanişi masalasini yana kun tartibiga olib çiqdi. Biroq Afğoniston tomonining bayonoti va Özbekiston vazirining bildirgan muddati örtasidagi farq suv taqsimoti böyiça kelişuvlar hali muhim ahamiyatga ega ekanini körsatadi.
Siyosat
26.11.2026, 14:58
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

“Bizga har bir davlatning ovozi eşitiladigan BMT kerak” — Saida Mirziyoyeva
Oʻzbekiston
24.09.2026, 11:29

Markaziy Osiyo muzliklarini yöqotmoqda
Oʻzbekiston
21.09.2026, 09:42

Özbekistonda 28 noyabrdan 5 dekabrgaça ob-havo qanday böladi?
Oʻzbekiston
26.11.2026, 15:37

Gulnora Karimova işi: Özbekistonga qaytarilayotgan 252,5 mln dollar nimalarga sarflanadi?
Iqtisodiyot
26.11.2026, 12:10

Javohir Sindarov jahon çempionligi bahsining ilk partiyasini oq donalarda boşlaydi
Sport
23.11.2026, 09:35
Mashhur yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48
So'nggi yangiliklar

Özbekistonda 28 noyabrdan 5 dekabrgaça ob-havo qanday böladi?
Oʻzbekiston
26.11.2026, 15:37

Gulnora Karimova işi: Özbekistonga qaytarilayotgan 252,5 mln dollar nimalarga sarflanadi?
Iqtisodiyot
26.11.2026, 12:10

Misrda yonilği taşuvçi maşina yondi: 31 kişi halok böldi
Jahon
26.11.2026, 11:19

Taekvondoçilarimiz Olimpiada oçkolari uçun kuraşadi
Oʻzbekiston
26.11.2026, 09:57

Özbekistonliklar qaysi davlatlarga vizasiz bora oladi?
Siyosat
26.11.2026, 08:40

Semipalatinsk: SSSR 40 yil davomida ötkazgan yadro sinovlari
Fan-texnologiya
25.11.2026, 17:17

Adolatli sudlov huquqi amalda qanday ta’minlanmoqda?
Oʻzbekiston
25.11.2026, 16:56

Özbekistonda Koksaki virusi bilan boğliq vaziyat qanday?
Oʻzbekiston
25.11.2026, 16:32

Taysonda şizofreniya aniqlandi
Sport
25.11.2026, 11:52

Özbekistonda göşt importi: eng köp göşt qaysi davlatdan keladi?
Oʻzbekiston
25.11.2026, 10:41

Imtihonda firibgarlik qilganlar 10 yilgaça test topşiriş huquqidan mahrum etiladi
Ta'lim
25.11.2026, 10:19

Sindarov jahon çempioni bilan durang öynadi
Sport
25.11.2026, 09:40

Özbekiston Prezidenti Iordaniyada
Siyosat
24.11.2026, 16:32

Malayziya roxinja qoçqinlarini Myanmaga qaytaradimi?
Jahon
24.11.2026, 15:58

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan çiqmoqda
Siyosat
24.11.2026, 15:41

Jensen Xuang Nvidia rahbari lavozimiga qaytdi: aksiyalar 31 foizdan oşdi
Jahon
24.11.2026, 12:53

Ipoteka subsidiyasiga ariza qabul qilish 25-noyabrda boşlanadi
Oʻzbekiston
24.11.2026, 10:42

Loy taxtaçalardan zamonaviy BNPL tizimigaça: nasiyaning 4 ming yillik tarixi
Fan-texnologiya
24.11.2026, 09:35

Yangi alifbo amaldagi banknot va tangalarni almaştirişni talab qilmaydi
Iqtisodiyot
23.11.2026, 16:08
Mashhur yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48
