"Andijon" klubi futbolchisi Milliy gvardiya xodimi bilan mushtlashdi
Poytaxt Toshkentda joylashgan "Bunyodkor" stadionida futbolchi Marlen Chobanov Milliy gvardiya xodimi bilan mushtlashdi. Bu haqda Milliy gvardiyaning Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xabar qildi.
Oʻzbekiston
14.08.2024, 16:46
Ulashish:

"Andijon" klubi futbolchisi Milliy gvardiya xodimi bilan mushtlashdi
Unda aytilishicha, joriy yilning 11 avgust kuni Chilonzor tumanida joylashgan "Bunyodkor" stadionida "Bunyodkor-Andijon" jamoalari oʻrtasida futbol uchrashuvi boʻlib oʻtgan. Andijon futbol klubi aʼzosi Marlen Chabanov stadionning VIP boʻlimida oʻyinni tomosha qilgan.
Uchrashuv yakunlanganidan soʻng, soat 22:05 da futbolchi VIP boʻlimi orqali ichkariga kirishga uringan. Maxsus ruxsatnomaga (beydjik) ega boʻlmagan fuqarodan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi uning qayerga ketayotganligini, chiqish uchun boshqa yoʻlakdan foydalanishi zarurligini aytgan.
"Ammo fuqaro Marlen Chabanov harbiy xizmatchining qonuniy talablariga boʻysunmasdan, xizmat faoliyatiga qarshilik koʻrsatib, uning yuz qismiga qoʻli bilan bir marotaba urib, tan jarohati yetkazdi",
deyiladi xabarda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Maʼlumot uchun, futbolchi Marlen Chabanov 2000 yil 10 oktabr kuni Ukrainada tugʻilgan. U yoshligidan futbol bilan shugʻullanib, turli jamoalarda toʻp surgan. Chobanov 2020 yilning ikkinchi yarmidan "Paxtakor" bilan birga mashq qilishni boshlagan. 2021 yil yanvar oyida Chobanovning Ukraina klubi bilan shartnomasi tugaganidan soʻng, "Paxtakor" bilan ikki yillik shartnoma tuzgan. Chobanovning klubdagi yillik maoshi 482 mln 8 yuz ming soʻm (44,8 ming AQSh dollari)ni tashkil etgan.
Oʻzbekiston
14.08.2024, 16:46
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Milliy gvardiya: "Kichik portlash yuzaga kelib, 10 ga yaqin harbiy xizmatchi jarohatlandi"
Oʻzbekiston
11.09.2025, 15:54

Oʻzbekiston MTJ futbolchisi “Paxtakor”ga qaytishi mumkin
Sport
02.07.2025, 15:06
Mashhur yangiliklar

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
