updated: 22.03.2026, 07:05

Avgust oyida bizni qanday ob-havo kutmoqda?

“Oʻzgidromet” avgust oyi quruq va biroz issiq ob-havo bilan boshlanishini prognoz qildi.

Ulashish:

Avgust oyida bizni qanday ob-havo kutmoqda?

Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligiga koʻra, Avgust oyi quruq va biroz issiq ob-havo bilan boshlanadi. Oyning katta qismida harorat asosan kunduzi 34-37 daraja atrofida, janubda baʼzi joylarda 40-41 darajagacha boʻladi. Bunday harorat yoz fasli uchun juda qulay boʻlib, u avgust oyidagi oʻrtacha yillik qiymatlarga yaqin hisoblanadi.

 

Kechalari harorat asosan 18-23 daraja boʻladi. Uchinchi dekadaga kelib, harorat kechalari asta-sekin 13-18 darajagacha, kunduz kunlari 30-35 darajagacha, janubda 36-38 darajagacha pasayadi. Avgust oyi asosan quruq boʻlishi kutilmoqda. Respublika hududining katta qismida oy davomida yomgʻir yogʻishi ehtimoli kam.

 

Oʻzbekistonda odatda avgust oyi harorat foni pasaya boshlaydi, bu oy iyul kabi juda issiq boʻlmaydi. Oʻzbekiston hududi boʻyicha avgust oyining oʻrtacha oylik harorati iyul oyiga nisbatan 1,5-2,5 darajaga past boʻladi. Ammo shunga qaramay, avgust hali ham juda issiq oy hisoblanadi. Yilning koʻp oylari singari, avgust oyi ham nisbatan iqlim oʻzgarishi taʼsiri ostida boʻladi. 1991—2020 yillar va 1961 — 1990 yillar uchun avgust oyidagi oʻrtacha oylik haroratning farqi 1,2-1,5 darajani tashkil etadi.

 

Bunga qadar meteorologik kuzatuvlarning barcha davri uchun 2021 yilning avgust oyi eng iliq, 1912 yilning avgust oyi esa eng sovuq boʻlgan. Kuzatuvlarning barcha yillari uchun avgust oylarining maksimal havo harorati mutlaq rekordi 41-43 darajani, shimolda, janubda va choʻl hududlarda 44-48 darajani tashkil etadi. Butun tarixiy davr uchun Toshkentda eng yuqori havo harorati 43,1 daraja (1944 yil) boʻlgan.

 

Odatda avgust oyining oxiriga kelib, kuz faslining yaqinlashishi (nafasi) sezila boshlanadi. Salqin havo massalarining kirib kelish soni koʻpayadi. Ayrim yillarda avgust oyida salqin havo kirib kelishi Oʻzbekiston hududi boʻyicha kunduzgi haroratni 25-30 darajagacha, baʼzan esa undan ham pastroq 20-25 darajagacha pasaytiradi (2020 va 2023-yy.).

 

Oʻzbekistonda avgust oyi yilning eng quruq oyi deb hisoblanadi. Yomgʻir juda kamdan-kam hollarda, tekislik hududlarning katta qismida oʻrtacha 1 kundan 3 kungacha biroz yogʻadi va oʻrtacha oylik yogʻingarchilik miqdori 1-2 mm dan, Fargʻona vodiysida 3-5 mm dan koʻp boʻlmaydi. 2020 yil avgust oyi oxirida Oʻzbekistonning markaziy viloyatlarida bir kecha-kunduzda yogʻingarchilik miqdori 10-34 mm boʻlgan kuchli jala yomgʻir yogʻib oʻtgan edi. Shu kuni Toshkentda 17 mm yogʻingarchilik kuzatilgan (oylik meʼyor 2 mm) – bu avgust oyida bir kecha-kunduzlik yogʻingarchilik miqdori boʻyicha mutlaq rekorddir.

 

Eng esda qoladigan rekordlar Sariosiyo meteostansiyasi (Surxondaryo viloyati togʻ oldi) hududida kuzatilgan, bunda oylik meʼyor 0,4 mm boʻlganda 3 soat 10 daqiqa ichida 35 mm va Qoʻqon meteostansiyasi hududida oylik meʼyor 5 mm boʻlganda 20 daqiqa ichida 35 mm yomgʻir yoqqan.

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45