Avtomobil import qiluvchi tadbirkorlar prezidentga murojaat bilan chiqishdi
Oʻzbekistonda elektromobillar sotuvi bilan shugʻullanuvchi bir qancha avtosalon rahbarlari prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat bilan chiqdi. Bu haqida gazeta.uz nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, ular oʻz xabarlarini #erkinraqobattarafdorimiz va #erkinraqobat heshteglari bilan yoʻllagan.
Oʻzbekiston
11.04.2024, 13:40
Ulashish:
Asosan BYD elektromobillari savdosi bilan ishlovchi King Motors avtosalonining vakili davlat rahbari tomonidan yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi oʻrtasida elektromobillarni ommalashtirish borasida katta ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi.
2023-yildan boshlab prezident qarori bilan yangi import qilingan avtomobillarni nafaqat ishlab chiqaruvchilarning rasmiy dilerlari, balki boshqa importerlar ham sotishga ruxsat berildi, shu sababli koʻplab kompaniyalar Xitoy va boshqa mamlakatlardan avtomobillarni olib kelib, ularni nisbatan arzonroq narxda sotishni boshladilar.
“Biz va boshqa 400 dan ortiq shu kabi tadbirkorlik subektlari tomonidan elektromobillarni sotish uchun avtosalonlar va ularga xizmat koʻrsatish uchun servis shoxobchalari tashkil etdik. Birgina 2023-yilning oʻzida biz kabi tadbirkorlar 630 million dollarlik 21 ming dona elektromobil olib keldi. QQS, utilizatsiya va boshqa toʻlovlar hisobiga byudjetga 1 trillion 250 milliard soʻm tushum tushdi”, — dedi tadbirkor.
Qolaversa, AJ Motors, Alliance Motors, CarBazaar, avtodiler.uz va boshqa kompaniyalar vakillari ham shu kabi murojaatlar bilan chiqishdi.
Oʻtgan yilning dekabr oyi oxirida hukumat avtomobillar, jumladan, elektromobillarni olib kirish qoidalarini kuchaytirish rejalarini muhokama qilayotgani xabar qilingandi. 2024-yildan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan tijorat maqsadlarida avtomobillar olib kirishni taqiqlash va yangi xorijiy avtomobillarni faqat rasmiy dilerlar orqali sotish tartibiga qaytish allaqachon rejalashtirilgandi. Texnik jihatdan tartibga solish agentligining bildirishicha, loyiha tanqidlar tufayli toʻxtatilgan, biroq u endi yana kun tartibiga qaytdi.
25-mart kuni chiqqan Bosh vazir Abdulla Aripov qaroriga koʻra, 1-apreldan avtomobilning muvofiqlik sertifikati boshqa shaxs nomiga berilgan taqdirda, ularni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish taqiqlanadi. Oʻzgarishlarning kuchga kirishi haqida rasmiy eʼlon qilinmadi. Shuningdek, yangi xorijiy avtomobillarni rasmiy dilerlar orqali sotish tartibini tiklash rejalashtirilgandi.
Yaqinda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi oʻzgartirishlar 1-apreldan amalga oshirilishi rejalashtirilgani, ammo hozircha hujjat loyiha maqomida, yaʼni oʻzgarishlar hali kuchga kirmagani haqida xabar berdi.
2023-yilda UzAuto Motors 4,85 mlrd dollarlik 369,99 ming dona avtomobil ishlab chiqargani ortidan Oʻzbekiston avtomobil bozoridagi 81 foiz ulushni egalladi. 5,5% ulushni ADM Jizzakh olishga muvaffaq boʻldi, qolgan qismi importdan, shu jumladan 291 mln dollarlik tushum 8948 ta BYD rusumli avtomashinalar importidan kelib tushdi.
Gazeta.uz nashri bir necha soatdan so'ng o'z saytidan xabarni o'chirib tashladi.
Oʻzbekiston
11.04.2024, 13:40
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Xiaomi elektromobil yetkazib berishni mart oyi oxirida boshlashni rejalashtirmoqda
Fan-texnologiya
15.03.2024, 11:46

Ombudsman koʻmagida fuqaro ishga tiklandi va 21,3 mln soʻm undirildi
Oʻzbekiston
18.03.2026, 09:46

Elektromobil batareyalari iqlim oʻzgarishiga tayyormi?
Iqtisodiyot
05.03.2026, 11:01

Pedofillar umrbod ozodlikdan mahrum qilinadi — Prezident farmoni
Oʻzbekiston
04.03.2026, 06:16

"Sirena chalsa darhol bunkerga kiring". Isroildagi oʻzbekistonliklar ogohlantirildi
Jahon
03.03.2026, 09:48

Zelenskiy: Putin maqsadiga erisholmadi, biz Ukrainani saqlab qoldik
Jahon
25.02.2026, 13:51
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40
