Avval OʻzJOKU, endi esa Milliy: Universitet rahbariyatiga salom bermagan talaba jazolandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Milliy universitetida talaba dekanning oʻrinbosariga salom bermagani uchun tushuntirish xati yozgani tasvirga olingan rasm tarqaldi. Tushuntirish xatida dekan yordamchisiga salom bermagani uchun uzr soʻragan talabaning ism-familiyasi oʻchirilgan.
Oʻzbekiston
09.10.2024, 17:04
Ulashish:

Avval OʻzJOKU, endi esa Milliy: Universitet rahbariyatiga salom bermagan talaba jazolandi
"2024 yilning 7 oktabr kuni xayol bilan maʼnaviy- maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari U.E.Qurbonovga va boshqa ustozlarga salom bermaganim uchun uzr soʻrayman. Bu holat boshqa takrorlanmaydi", deya yozgan talaba.
Mazkur xabar tarmoqlarda bir kun aylanganidan soʻng, holat boʻyicha Milliy universiteti rasmiy munosabat bildirib chiqdi. Unga koʻra, talabadan salom bermagani uchun tushuntirish xati olinmagan.
"Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar va postlarga javoban shuni maʼlum qilamizki, Oʻzbekiston Milliy universitetida yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari va boshqa ustozlarga salom bermagani uchun hech qanday masʼul tomonidan talabadan tushuntirish xati yozdirib olinmagan", deyiladi izohda.
Shuningdek, xabarda Milliy universiteti talabalarning ustozlarga hurmat bilan munosabatda boʻlishi, salom berishi yoki bermasligi ularning shaxsiy madaniyatiga taalluqli masala ekaniga toʻxtab oʻtilgan. Biroq munosabatda talabaning uzr soʻrab, tushuntirish xati yozishga majburlangani yuzasidan izoh berilmagan.
Mazkur holatni ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari turlicha talqin qilmoqda. Ayrimlar talaba salom bermasa, madaniyatsiz boʻlib qolmasligini, salom bermaganlik uchun jazolash ahmoqlikdan boshqa narsa emasligini aytayotgan boʻlsa, boshqa bir tarmoq foydalanuvchisi universitet rahbariyati tinch ketayotgan bolani toʻxtatib, bekorga tanbeh bermasa kerak degan izohlarni qoldirgan.
Ushbu holat avvalroq OʻzJOKU (Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti)da ham kuzatilgan. Unda talaba universitet rektoriga salom bermagani uchun xodim tomonidan kaltaklangani aytilgan edi. Shunda ham yuqoridagi kabi universitet rektori Sherzodxon Qudratxoʻja bu voqeadan xabari yoʻqligini, nohaq harakat qilganlar jazolanganini, talabaning salom berish-bermasligi ixtiyoriy ekanligini aytgan edi.
Oʻzbekiston
09.10.2024, 17:04
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
