updated: 22.03.2026, 08:24

Chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha loyihalar taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 avgust kuni chiqindilarni qayta ishlashni kengaytirish chora-tadbirlari boʻyicha taqdimot bilan tanishdi.

Ulashish:

Chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha loyihalar taqdimot qilindi

Oxirgi uch yilda barcha manbalardan 2 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ yoʻnaltirildi. Oʻtgan yili Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etildi.

Chiqindi korxonalari uchun 1 ming 200 ta yangi texnika olib berildi. Mahallalarda chiqindi maydonchalari qurildi. Toʻplash va tashib ketish yaxshilangani natijasida bu tarmoq ikkilamchi xomashyo manbaiga aylandi.

Avvallari davlat monopoliyasida boʻlgan sohada tadbirkorlikka yoʻl ochilib, qulay biznes muhiti yaratildi. Jumladan, sanitar-tozalash hamda chiqindini qayta ishlash korxonalari uchun foyda soligʻi va ijtimoiy soliq stavkalari 1 foiz etib belgilandi. Chetdan olib kelinadigan texnika va uskunalar import bojidan ozod qilindi. Natijada 200 ga yaqin sanitar-tozalash va 290 ta chiqindini qayta ishlash korxonalari ochildi.

Taqdimotda mutasaddilar sohadagi loyihalarning borishi va galdagi rejalar haqida axborot berdi.

Yurtimizda yiliga 14 million tonna maishiy chiqindi hosil boʻladi. Lekin ularni qayta ishlash darajasi past. Soʻnggi yillardagi loyihalar natijasida bu endi 5 foizga yetdi.

Chiqindini yoqish orqali energiya ishlab chiqarish loyihalari qoʻllab-quvvatlanmoqda. Xitoylik investorlar 6 ta viloyatda shunday zavodlar qurayapti. Davlat chiqindi utilizatsiyasi uchun ularga toʻlov qilish bilan birga, hosil boʻlgan energiyani sotib olish boʻyicha ham majburiyat olayapti.

Yaqinda Toshkent shahrida tibbiyot chiqindisini yoqib, issiqlik oladigan ikkita korxona ishga tushirildi. Yana Samarqandda 2 ta, qolgan hududlarda bittadan shunday zavodlar qurilishi moʻljallangan.

Maishiy chiqindilarning toʻrtdan biri qogʻoz, plastik, rezina, shisha, toʻqimachilik qoldiqlariga toʻgʻri keladi. Ularni qayta ishlab, 1 trillion soʻmlik mahsulot olish mumkinligi aytildi. Bundan tashqari, yurtimizda qayta ishlanmaydigan qurilish, kimyo, elektron, texnik va sanoat moylari boʻyicha katta zaxira borligi koʻrsatib oʻtildi.

Chiqindini tashib ketish xizmatlari aholini rozi qiladigan darajada boʻlishi kerakligi taʼkidlandi. Shu bois mahallaga chiqindi texnikasining kelish vaqti va harakatini onlayn koʻrish imkoniyatini yaratish vazifasi qoʻyildi.

Ijtimoiy muassasalar va mahallalarni chiqindi konteynerlari bilan toʻliq taʼminlash boʻyicha ikki yillik dastur ishlab chiqilishi belgilandi. Aholida ekologik madaniyatni bogʻcha va maktabdan boshlab shakllantirish muhimligi taʼkidlandi.

Siyosat

15.08.2025, 16:38

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Chiqindi qarzi tufayli elektr cheklovlari qayta koʻrib chiqilishi mumkin

Chiqindi xizmati boʻyicha asossiz qarzlar tufayli elektr cheklovlari qoʻyilmoqda. Raqobat qoʻmitasi korxonalar bilan muzokara boshladi.

Oʻzbekiston

13.02.2026, 14:43

Toshkent viloyatida 250 mingga yaqin isteʼmolchidan chiqindi uchun 8,8 mlrd soʻm asossiz undirilgan

Aniqlangan holatlar yuzasidan hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan “RAHNAMO SERVIS”, “ZERO-WASTE”, “ZANGIOTA OBODON”, “ANGREN BUNYOD FAYZ” va “OHANGARON SANITARIYA TOZALASH” MChJlariga nisbatan «Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonun talablari buzilgani uchun ish qoʻzgʻatildi.

Oʻzbekiston

02.12.2025, 11:42

Andijonda chiqindi yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi zavod qurilishiga start berildi

Andijonda chiqindi yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi zavod qurilishiga start berildi

7 iyul kuni Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani hududida Xitoyning "China International Camce" kompaniyasi ishtirokida barpo etilishi rejalashtirilgan maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi zavod qurilishiga start berildi. Zavod 2025-2027 yillarda qurilib, foydalanishga topshiriladi va 100 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Oʻzbekiston

09.07.2025, 12:30

Chiqindidan qarzdor isteʼmolchilar elektr energiyasidan uzib qoʻyilmaydi

Chiqindidan qarzdor isteʼmolchilar elektr energiyasidan uzib qoʻyilmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda 1 noyabrdan chiqindidan qarzi bor boʻlgan fuqarolar toʻliq elektr quvvatidan uzilishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Mazkur holatga "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ rasmiy munosabat bildirdi. 

Oʻzbekiston

30.10.2024, 11:06

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45