Davlat idoralari koʻchishi ortidan binolar sotilmoqda

Toshkent shahrida davlat idoralarining Yangi Toshkentga koʻchirilishi jarayoni fonida poytaxt markazida joylashgan qator yirik maʼmuriy binolar auksion orqali sotilmoqda.

Ulashish:

 Soʻnggi kunlarda ketma-ket oʻtkazilgan uchta savdo natijalari davlat mulkining haqiqiy bozor bahosini, shuningdek, ushbu jarayonda faol ishtirok etayotgan xususiy kompaniyalar manfaatini yaqqol namoyon etdi.

 

Qurilish va kommunal xoʻjalik vazirligi binosi — 182,4 milliard soʻm

Abay koʻchasida joylashgan, 48 sotix maydonni egallagan Qurilish va kommunal xoʻjalik vazirligi binosi boʻyicha auksion toʻrt ishtirokchi oʻrtasida oʻtdi. Boshlangʻich narx 130,3 milliard soʻm etib belgilangan edi.

Savdoda gʻoliblikni “Oʻzshahar qurilish invest” kompaniyasi qoʻlga kiritdi va bino 182,4 milliard soʻmga sotildi.

2017 yilda Mirobod tumanida roʻyxatdan oʻtgan ushbu kompaniya turar joy qurilishi bilan shugʻullanadi. Kompaniyaning 100 foiz ulushi Nuriddin Qodirovga tegishli, boshqaruv esa Baxtiyor Saatov zimmasida. Auksion materiallariga koʻra, xaridor Prezidentning 2019 yildagi farmoni asosida berilgan imtiyozlardan foydalanib, obʼekt uchun toʻlovni 36 oy davomida boʻlib-boʻlib amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan.

 

Transport vazirligi binosi — 187,7 milliard soʻm

Navbatdagi lot — Zulfiyaxonim koʻchasida joylashgan Transport vazirligi binosi boʻldi. 62 sotix maydonga ega ushbu obʼekt uchun boshlangʻich narx 110,4 milliard soʻm etib belgilandi.

Uch ishtirokchi oʻrtasidagi savdo bir soatdan ortiq davom etdi va narx 14 marta oshirildi. Yakunda bino 187,7 milliard soʻm taklif qilgan Qoraqalpogʻistondagi “Samarador” kompaniyasiga sotildi.

2017 yilda tashkil etilgan ushbu kompaniya 25 milliard soʻm ustav kapitaliga ega. Uning asoschisi Baxtiyor Maxkamov boʻlib, u poytaxtda faoliyat yuritayotgan yana bir qator qurilish korxonalarining ham egasi hisoblanadi.

 

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi binosi — 242 milliard soʻm

18 dekabr kuni oʻtkazilgan navbatdagi auksion eng yirik summa bilan yodda qoldi. Mirzo Ulugʻbek tumanida, Hamid Olimjon metro bekati yaqinida joylashgan, 1975 yilda qurilgan va 1 gektardan ortiq maydonni egallagan Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi binosi 242 milliard soʻmga sotildi.

Eng yuqori taklifni Qobiljon Norbekov bildirgan. Xarid muddatli toʻlov asosida amalga oshiriladi.

Maʼlum qilinishicha, qoʻmita Yangi Toshkentga koʻchib oʻtishni rejalashtirmoqda va uch yil ichida binoni toʻliq boʻshatib berish majburiyatini olgan. Agar yangi maʼmuriy bino belgilangan muddatdan oldin tayyor boʻlsa, mavjud bino xaridorga shunga muvofiq ravishda ertaroq topshiriladi.

 

Markazdan chekinish — yirik xususiy investorlar uchun imkoniyat

Uchta auksion yakunlariga koʻra, davlat mulki hisoblangan binolar jami hisobda 612 milliard soʻmdan ortiq summaga sotildi. Xaridorlarning aksariyati qurilish sohasi vakillari boʻlib, ular poytaxt markazida katta yer maydonlariga ega boʻlish imkoniyatidan foydalanmoqda.

Davlat idoralarining Yangi Toshkentga koʻchirilishi jarayoni endigina boshlanganini inobatga olsak, yaqin oylar va yillarda bunday savdolar soni ortishi, poytaxt markazidagi koʻchmas mulk esa bozorning eng qimmat aktivlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

Oʻzbekiston

20.12.2025, 17:45

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45