Diniy qoʻmita endi litsenziyasi boʻlmagan «umrachi»larni «ovlaydi»
«Sirli mijoz» tadbiri orqali «Umra» xizmatlarini noqonuniy amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy yoki yuridik shaxslar faoliyati tekshiriladi.
Oʻzbekiston
11.08.2025, 20:37
Ulashish:

Din ishlari boʻyicha qoʻmita maʼmuriyati tegishli qaror bilan «Umra» tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatida nazorat xaridini amalga oshirish tartibiga doir nizomni tasdiqladi.
Nizom «Umra» tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatida isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, litsenziyaga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan noqonuniy xizmatlar koʻrsatilishini barvaqt aniqlash va oldini olish maqsadida nazorat xaridini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Nizomga muvofiq, Qoʻmitaga kelib tushgan murojaatlar yoki shu kabi qoʻlga kiritilgan maʼlumotlar asosida masʼul xodimlar «Sirli mijoz» tadbirida ishtirok etadilar.
Bunda Qoʻmitaning masʼul xodimlari oʻzini mijoz sifatida tanishtirgan holda «Umra» xizmatlarini noqonuniy amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy yoki yuridik shaxslar faoliyatini tekshiradi.
Tadbir davomida noqonuniy faoliyati koʻrsatayotganlikda gumon qilinayotgan jismoniy yoki yuridik shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar toʻplanadi:
«Umra» xizmatini koʻrsatish uchun tegishli litsenziya mavjudligi (rasmiy hujjat yoki ogʻzaki maʼlumot asosida);
«Umra» xizmatini koʻrsatish shartlari (muddati, narxi va boshqalar);
«Umra» xizmati uchun toʻlov usuli va hisob raqami.
«Sirli mijoz» tadbiri davomida yashirin diktofon yoki video kuzatuv moslamalaridan foydalanilishga ruxsat beriladi. Diktofon yoki video kuzatuv moslamalari yordamida yozib olingan maʼlumotlar Qoʻmita tomonidan qabul qilib olinadi va ulardan mazkur Nizomda koʻrsatilgan hollardan tashqari boshqa maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Oʻzbekiston
11.08.2025, 20:37
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Umra safari tadbirlari vaqtincha kechiktirildi
Oʻzbekiston
02.03.2026, 11:23

Umradagi oʻzbekistonliklarni qaytarish uchun maxsus reyslar yoʻlga qoʻyiladi
Oʻzbekiston
02.03.2026, 08:27

Makka va Madinada qushlarga don sochganlar katta miqdorda jarimaga tortiladi
Jahon
13.10.2025, 11:16
Mashhur yangiliklar

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
