updated: 22.03.2026, 16:27

Makka va Madinada qushlarga don sochganlar katta miqdorda jarimaga tortiladi

Makka va Madina shaharlarida ziyoratchilar, mehmonlarga kabutarlarga don berish, mahalliy aholiga esa qushlar uchun don sotish taqiqlandi. alwatan.com.sa saytining yozishicha, har ikki holatda ham jarima 1000 riyolni (270 dollar) tashkil etadi.

Jahon

13.10.2025, 11:16

Ulashish:

Makka va Madinada qushlarga don sochganlar katta miqdorda jarimaga tortiladi

Mazkur taqiqqa atrof-muhitning ifloslanishi sabab qilib koʻrsatildi – kabutarlarning koʻpayishi joylarning ifloslanishi, salomatlikka xavf tugʻilishi, svetofor atrofida odamlar toʻplanib qolishi, mashinalar toʻxtashi va yoʻlda xavfli holatlar yuzaga kelishi hamda turli bidʼat amallar koʻpayishi kuzatilmoqda. 

Taʼkidlanishicha, oxirgi vaqtlarda koʻpchilik ziyoratchilar orasida goʻyoki bu ikki shaharda kabutarlarga taom berilsa, farzandi boʻlmagan odam farzandli boʻladi, degan fikr tarqalgan. 

Ushbu taqiq samarali tarzda amalga oshishi uchun hukumat tomonidan doimiy monitoring dasturlari ishlab chiqildi. Jumladan, shahar koʻchalariga kuzatuv kameralari oʻrnatildi va aholi hamda ziyoratchilarni qonunbuzarlik holatlari haqida xabar berishda faol boʻlishga chaqirilmoqda. 

Fuqarolar huquqbuzarlarning surat yoki videolarini olib, mahalliy politsiyaga dalil sifatida taqdim etishlari mumkin. Bu jarayon jamoat ishtirokiga asoslangan nazorat tizimini shakllantirishi koʻzda tutilmoqda.

 

Mavzuga oid yangiliklar

Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va BAAga aviaqatnovlarga ruxsat berildi

10 martdan boshlab Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklariga ikki tomonlama yoʻlovchi aviaqatnovlarini amalga oshirishga ruxsat berildi. 

Oʻzbekiston

11.03.2026, 11:16

Umra safari tadbirlari vaqtincha kechiktirildi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi umra safarlari vaqtincha kechiktirilganini eʼlon qildi. Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat va havo makoni cheklovlari sabab, bir qator aviaqatnovlar bekor qilinmoqda.

Oʻzbekiston

02.03.2026, 11:23

Umradagi oʻzbekistonliklarni qaytarish uchun maxsus reyslar yoʻlga qoʻyiladi

Umra safariga ketgan Oʻzbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida maxsus repatriatsiya reyslari tashkil etiladi.

Oʻzbekiston

02.03.2026, 08:27

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi

Saudiya Arabistoni 2026 yilgi Haj mavsumi oldidan Umra ziyoratiga oid muhim cheklov va muddatlarni rasman eʼlon qildi.

Madaniy

21.02.2026, 11:01

Saudiya Arabistoni ikki yangi alkogol doʻkonini ochadi — Reuters

Doʻkonlardan biri Dahron shahridagi Saudi Aramco himoyalangan majmuasida joylashadi va faqat musulmon boʻlmagan xorijiy xodimlarga xizmat koʻrsatadi. Ikkinchisi esa Jidda shahrida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatlar uchun ochiladi. Eslatib oʻtamiz, Saudiyada musulmonlarga alkogol sotish, saqlash va isteʼmol qilish 1952 yildagi ommaviy mojarodan soʻng toʻliq taqiqlangan.

Jahon

26.11.2025, 08:26

Muhammad Abunayyan: “Oʻz xalqini Siz kabi sevadigan davlat rahbarini uchratmadim”

Kuni kecha Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport qurilishiga tamal toshi qoʻyishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Unda Saudiya Arabistonidan tashrif buyurgan yirik investor – «ACWA Power» kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan ham soʻzga chiqib, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida oʻz fikrlarini bildirdi. 

Oʻzbekiston

16.10.2025, 16:03

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45