Falastin qoʻmitasi Gʻazoni boshqarish boʻyicha asosiy rejalarini eʼlon qildi
Tramp rejasiga koʻra, Gʻazoni qayta tiklash jarayoni “Tinchlik kengashi” tomonidan nazorat qilinadi.
Jahon
19.01.2026, 09:42
Ulashish:

AQSh qoʻllab-quvvatlayotgan Falastin texnokratlar qoʻmitasi Gʻazo sektorining kelajakdagi boshqaruvi boʻyicha oʻz maqsad va vazifalarini maʼlum qildi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.
Gʻazo sektorini boshqarish boʻyicha Milliy qoʻmita (NGAC) bosh komissari Ali Shaatning aytishicha, qoʻmita asosan urushdan zarar koʻrgan hududlarda hayotiy muhim xizmatlarni tiklash bilan shugʻullanadi.
Uning soʻzlariga koʻra, xavfsizlikni taʼminlash, elektr energiyasi, suv taʼminoti, sogʻliqni saqlash va taʼlim tizimini qayta ishga tushirish asosiy vazifalar qatoriga kiradi. Shuningdek, tinchlik, adolat va demokratiyaga asoslangan jamiyat qurish maqsad qilingan.
Ali Shaat qoʻmita faoliyati shaffoflik va halollik tamoyillariga asoslanishini, iqtisodiyotni tiklash orqali ishsizlikni kamaytirish rejalashtirilayotganini taʼkidladi.
Maʼlumot uchun, ushbu qoʻmita Donald Tramp tomonidan taklif qilingan Gʻazo boʻyicha 20 bandli tinchlik rejasi doirasida tashkil etilgan. Reja BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan maʼqullangan.
Tramp rejasiga koʻra, Gʻazoni qayta tiklash jarayoni “Tinchlik kengashi” tomonidan nazorat qilinadi. Ushbu kengash tarkibiga AQSh va xalqaro tashkilotlarning yuqori lavozimli vakillari kirgan. Hozircha kengashda falastinliklar va ayollar yoʻq.
Shuningdek, rejada Gʻazo sektorida vaqtinchalik xalqaro boshqaruv joriy etilishi va xalqaro barqarorlashtiruvchi kuchlar joylashtirilishi koʻzda tutilgan. HAMASning kelajakda Gʻazoni boshqarishda ishtirok etishi istisno etilgan.
Jahon
19.01.2026, 09:42
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

AQSh Kongressi vakili Falastin davlatini tan olishga chaqirdi
Jahon
04.08.2025, 16:05

Tramp Falastinni tan olishi mumkin
Siyosat
10.05.2025, 13:24

Zamonaviy urushning xavfli quroli: Navigatsiya buzildi, yuzlab kemalar ortda qoldi
Jahon
07.03.2026, 14:12

Yaqin Sharq alangada: Eronning 6 toʻlqinli zarbalari ortidan keng koʻlamli urush xavfi kuchaydi
Jahon
02.03.2026, 10:18

Ali Xominaiy halok boʻldi: Eronda motam, rasmiy Tehron qasos haqida ogohlantirdi
Jahon
01.03.2026, 08:32

Shimoliy Koreya AQSh bilan yarashishi mumkin, ammo Janubiy Koreyani “yoʻq qilish”ga tayyor
Jahon
26.02.2026, 13:38
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
So‘nggi yangiliklar

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi
Oʻzbekiston
10.03.2026, 17:51

Tashanov: Meni javobgarlikka tortishyapti
Oʻzbekiston
10.03.2026, 14:35

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?
Jahon
10.03.2026, 13:04

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi
Jahon
10.03.2026, 12:26

Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak
Jahon
10.03.2026, 11:47

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi
Iqtisodiyot
10.03.2026, 10:29

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda
Oʻzbekiston
09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 06:42

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
08.03.2026, 10:51

Isroilda politsiya ushlagan oʻzbekistonlik boʻyicha rasmiy bayonot berildi
Oʻzbekiston
08.03.2026, 08:03

Dubayda oltin geosiyosiy keskinlik sababli katta chegirmalar bilan sotilmoqda - Bloomberg
Iqtisodiyot
08.03.2026, 07:43

Qashqadaryoga 800 ta kitobdan iborat sepi bilan kelgan kelin
Madaniy
08.03.2026, 07:37
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
