updated: 22.03.2026, 16:41

Falastinni qo‘llab-quvvatlagan chet ellik namoyishchilar Amerikadan chiqarib yuboriladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp Amerikada Falastinni qoʻllab-quvvatlovchi keng koʻlamli namoyishlarda ishtirok etgan chet elliklarni 2025 yilning oxiriga qadar mamlakatdan chiqarib yuborishini maʼlum qildi. Bu borada u 29 yanvar kuni "Antisemitizmga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi farmonni ham imzolagan.

Jahon

31.01.2025, 11:11

Ulashish:

Amerikada Falastinni qoʻllab-quvvatlagan chet ellik namoyishchilar mamlakatdan chiqarib yuboriladi

Amerikada Falastinni qoʻllab-quvvatlagan chet ellik namoyishchilar mamlakatdan chiqarib yuboriladi

Farmon matniga koʻra, AQSh siyosatida antisemitizmga qarshi kurash qatʼiy olib boriladi. Noqonuniy antisemitizm va zoʻravonlik uchun aybdorlar jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ularni toʻxtatib turish yoki boshqa yoʻl bilan javobgarlikka tortish uchun barcha tegishli huquqiy vositalardan foydalaniladi. 

Shuningdek, Tramp 2023 yil 7 oktabrda HAMAS tashkilotining Isroilga hujumidan keyin boshlangan Yaqin Sharqdagi mojaroning kuchayishi munosabati bilan oʻtkaziladigan kampus va koʻchalardagi namoyishlarga qarshi kurashish uchun federal resurslarni safarbar qilishini vaʼda qilmoqda.

"Mamlakatda yashovchi va "jihod"ni qoʻllab-quvvatlovchi noroziliklarga qoʻshilgan barcha chet elliklarni ogohlantiramiz: 2025 yilda biz sizni topamiz va deportatsiya qilamiz. Shuningdek, men radikalizmga chalinib, HAMAS tashkilotining tarafida turgan barcha universitet talabalarining vizasini bekor qilaman", deya qayd etilgan Tramp nomidan yozilgan matnda.

Kolumbiya universitetining katta huquqshunoslaridan biri Kerri Desellning soʻzlariga koʻra, AQShda yashovchi chet elliklarni faqat siyosiy bayonotlar asosida chiqarib yuborish mamlakat konstitutsiyasiga zid boʻlgan narsa. Bu soʻz erkinligiga cheklovni anglatadi. 

Oʻz navbatida, Amerika – Islom munosabatlari kengashi (CAIR) tashkilotidagi inson huquqlari faollari agar hukumat bu farmonni amalga oshirishga harakat boshlansa, Trump farmoniga muvofiq sudga murojaat qilishlarini maʼlum qildi. 

Arab – Amerika instituti Inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti ijrochi direktori Mayya Berrining aytishicha, Amerika jamiyati Trampning farmonidan qattiq xavotirda. Shuningdek, u rasmiylarning bu harakatini AQShda soʻz erkinligini buzish deb taʼrifladi.

Mavzuga oid yangiliklar

Tramp

Tramp Falastinni tan olishi mumkin

Joriy yilning may oyi oʻrtalarida AQSh prezidenti Donald Tramp ikkinchi muddati davomida Saudiya Arabistoniga birinchi tashrifi doirasida Koʻrfaz-AQSh sammitiga mezbonlik qiladi. Mana shu sammitda Tramp AQSh hukumati Falastin davlatini tan olganini eʼlon qilishi mumkin.

Siyosat

10.05.2025, 13:24

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi

AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi yuqori martabali razvedka mulozimi – Terrorizmga qarshi kurash boʻyicha milliy markaz direktori Jo Kent Oq uyning Eronga qarshi urushiga norozilik bildirib,  isteʼfo berdi.

Jahon

18.03.2026, 14:17

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda

AQSh raketalarining Janubiy Koreyadan Yaqin Sharqqa koʻchirilishi, ayniqsa, Seulni bezovta qilmoqda.

Jahon

12.03.2026, 11:38

AQShda “Anthropic” xavfli deb topildi

Tramp maʼmuriyati sunʼiy intellekt dasturlari uchun yangi va qatʼiy qoidalar ishlab chiqdi. Unga koʻra, kompaniyalar oʻz modellaridan “har qanday holatda qonuniy” foydalanishga ruxsat berishi kerak.

Jahon

11.03.2026, 14:17

Tramp Eronga yangi rahbar tanlovi haqida bayonot berdi

Tramp Eronning yangi rahbarini tanlash jarayonida AQSh ham rol oʻynashi kerakligini, yangi rahbar mamlakatda “tinchlik va barqarorlik”ni taʼminlashi lozimligini aytdi.  

Jahon

06.03.2026, 16:56

Minglab oʻzbekistonliklar Yaqin Sharqdan evakuatsiya qilindi

Yaqin Sharqda harbiy keskinlik kuchaygani sababli 28 fevraldan boshlab bir qator xalqaro aviareyslar toʻxtatildi. Bu esa minglab Oʻzbekiston fuqarolarining chet elda qolib ketishiga sabab boʻldi.

Oʻzbekiston

05.03.2026, 12:56

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45