Forbes dunyodagi eng boy odamlarining yangilangan roʻyxatini taqdim etdi
Roʻyxatda birinchi oʻrinni Louis Vuitton, Fendi, Givenchy, Christian Dior, Hennessy, Dom Pérignon, Tiffany & Co kompaniyalariga egalik qiluvchi LVMH konglomerati rahbari, fransuz Bernar Arno egalladi. U qatorasiga ikkinchi yil shunday maqomga ega boʻlmoqda.
Iqtisodiyot
04.04.2024, 13:53
Ulashish:

LVMH konglomerati rahbari Bernar Arno
Forbes jurnali Arno boyligini 233 milliardga baholadi va bu oʻtgan yilgi natijaga (211 milliard dollar) nisbatan 10 foizdan koʻproq oʻsdi. 75 yoshli milliarderning asosiy boyligi LVMH aksiyalari hisoblanadi.
Roʻyxatda ikkinchi oʻrinni, oʻtgan yilgidek, Tesla va SpaceX rahbari Ilon Mask egalladi. Forbes uning boyligini 195 milliard dollarga baholagan. Tadbirkor oʻtgan yilgi natijasini yaxshilagan (180 milliard dollar), biroq 219 milliard dollar boyligi bilan reytingda birinchi oʻrinni egallagan 2019 yildagi koʻrsatkichga erisha olmagan. Mask Tesla aksiyalarining 21 foiziga egalik qiladi.
Kuchli uchlikni Amazon asoschisi Jeff Bezos yopdi. U oʻtgan yilgi reytingga nisbatan oʻz oʻrnini oʻzgartirmadi, lekin natijani sezilarli darajada yaxshiladi: uning kapitali bir yil oldingi 114 milliard dollarga nisbatan 194 milliard dollarga baholandi. Milliarder oʻzi asos solgan IT gigantining 10 foiz aksiyalariga egalik qiladi.
Dunyoning eng badavlat tadbirkorlari oʻntaligiga Meta rahbari (Facebook, Instagram va WhatsApp egasi) Mark Sukerberg(4-oʻrin, 77 milliard dollar), Oracle asoschisi Larri Ellison (5-oʻrin, 141 milliard dollar), Berkshire Hathaway rahbari Uorren Baffet (6-oʻrin, 133 milliard dollar), Microsoft asoschisi Bill Geyts (7-oʻrin, 128 milliard dollar) va korporatsiyaning sobiq bosh direktori Stiv Balmer (8-oʻrin, 121 milliard dollar) kirdi. Hindistonlik tadbirkor, energetika, neft-kimyo, telekommunikatsiya, chakana savdo va moliyaviy xizmatlar sohalarida faoliyat yurituvchi Reliance Industries rahbari Mukesh Ambani 116 milliard dollar boyligi bilan reytingda toʻqqizinchi boʻldi. Yuqori oʻntalikdan Google asoschisi Larri Peyj (10-oʻrin, 114 milliard dollar) ham joy oldi.
Iqtisodiyot
04.04.2024, 13:53
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Jeffri Epshteyn ishi: asosiy voqealar va yangi oshkoralik
Jahon
05.02.2026, 09:29

2025 yilning eng nufuzli ayollari kimlar? — Forbes
Jahon
18.12.2025, 16:34
Mashhur yangiliklar

Jurnalistlar va fuqarolik jamiyati vakillariga eʼtirof — Paradigma Media 8 nafar faolni eʼtirof etdi
Madaniy
02.02.2026, 19:18

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52

«Nigilist pingvin»: isyon ramzimi yoki shunchaki trend?
Madaniy
28.01.2026, 17:49
So‘nggi yangiliklar

Gʻazo yana xavf ostida: Isroil yordam tashkilotlari faoliyatini cheklamoqchi
Jahon
26.02.2026, 10:29

Wolt kompaniyasi Oʻzbekistondagi faoliyatini toʻxtatadi
Oʻzbekiston
25.02.2026, 16:40

Zelenskiy: Putin maqsadiga erisholmadi, biz Ukrainani saqlab qoldik
Jahon
25.02.2026, 13:51

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Oʻzbekiston fuqarosi AQSh sanksiyalariga tushdi
Oʻzbekiston
25.02.2026, 10:52

Telegram cheklanmoqda, Pavel Durov terrorizmda ayblanmoqda
Jahon
25.02.2026, 09:48

Rossiya-Ukraina urushi: yoʻqotishlar, zarar va muzokaralar
Jahon
24.02.2026, 14:06

Masʼullarning masʼuliyatsizligi bogʻcha bolalarining boshiga bolgʻa boʻlyapti
Oʻzbekiston
24.02.2026, 12:04

Meksika JCh–2026 oʻyinlarini oʻtkaza olmasligi mumkin
Jahon
24.02.2026, 10:39

Rossiyada bolani qutqargan oʻzbek migranti “Jasorat” medali bilan taqdirlandi
Oʻzbekiston
24.02.2026, 09:40

Tehronda talabalar va Xominaiy tarafdorlari oʻrtasida toʻqnashuv yuz berdi
Jahon
23.02.2026, 14:41

Meksikada mashhur narkobaronning oʻldirilishi ortidan tartibsizliklar avj oldi
Jahon
23.02.2026, 12:28
Mashhur yangiliklar

Jurnalistlar va fuqarolik jamiyati vakillariga eʼtirof — Paradigma Media 8 nafar faolni eʼtirof etdi
Madaniy
02.02.2026, 19:18

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52

«Nigilist pingvin»: isyon ramzimi yoki shunchaki trend?
Madaniy
28.01.2026, 17:49
