updated: 22.03.2026, 06:50

Instagram’da prezidentni haqorat qilgan yigitga hukm oʻqildi

Instagram’da Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni haqoratlab izoh qoldirgan ohangarolik 18 yoshli yigitga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi va qoʻshimcha cheklovlar tayinladi.

Instagram’da prezidentni haqorat qilgan yigitga hukm oʻqildi

Фото: Ситуативное

18 sentabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Ohangaron shahar sudi Oʻzbekiston prezidentini haqorat qilgan fuqaroga nisbatan sud hukmi oʻqildi, deya xabar bermoqda hukmni oʻrganib chiqqan Gazeta.

Sud hujjatida taʼkidlanishicha, Ohangaron shahrida yashovchi 18 yoshli sudlanuvchi oʻziga tegishli Instagram profili orqali Oʻzbekistonning birinchi va amaldagi prezidentlari tasvirlangan fotosurat ostida Shavkat Mirziyoyevga nisbatan haqoratomuz mazmundagi izoh qoldirgan.

Sud-siyosatshunoslik lingvistik ekspertizasi xulosasiga koʻra, izohda prezidentga qarshi qaratilgan, uning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi, obroʻsizlantiruvchi fikrlar, gʻoyalar va soʻzlar mavjudligi aniqlangan.

Nima uchun bunday izoh qoldirgani va maqsadi nima boʻlgani haqidagi savolga sudlanuvchi hech qanday maqsad boʻlmagani, izohni oʻylamasdan yozganini aytdi.

U aybiga toʻliq iqrorlik bildirdi.

Sud ayblanuvchini Jinoyat kodeksining 158-moddasining 3-qismi (Oʻzbekiston prezidentini internetdan foydalangan holda haqoratlash yoki unga tuhmat qilish) bilan aybli deb topib, unga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.

Shuningdek, uning zimmasiga quyidagi qoʻshimcha cheklovlar yuklatildi:

  • Alkogolli ichimliklar isteʼmol qiladigan va koʻngilochar joylar (kafe, bar, restoranlar)ga bormaslik;
  • ommaviy tadbirlar (namoyishlar, mitinglar)da ishtirok etmaslik;
  • jinoyat sodir etishga moyil boʻlgan shaxslar bilan aloqa oʻrnatmaslik;
  • mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz, yashash joyini oʻzgartirmaslik hamda Toshkent viloyat hududidan tashqariga chiqmaslik.

Maʼlumot uchun, 2021 yildagi oʻzgartishlarga koʻra, Internetdagi biror blog, ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifa yoki biror bir xabar ostidagi izohda prezidentga haqorat yoki tuhmatni ifoda etadigan maʼlumotni aks ettirish (matn, surat, audio, video kabi shakllarda) toʻgʻridan-toʻgʻri jinoiy javobgarlikka tortishga sabab boʻladi. 

Endilikda kodeksning 158-moddasi 3-qismiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi prezidentini internetda haqoratlash yoki unga tuhmat qilish:

  • 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki –
  • 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud –
  • 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45